Kelib tushgan murojaatlar
Andijon viloyatidan fuqaro murojaati: «Mahallamizga yangi simyog‘ochlar o‘rnatildi. Shundan beri uyimda elektr yo‘q...»
  • 21.06.2021
  • 539

Murojat raqami:  27/21

Holatni tekshirish kodi:  4d16ddb286

Murojaat egasi: Eraliyev Fazliddin Iqbolidinovich

Murojaat kelib tushgan vaqt: 2021-yil, 19-iyun, soat 13:01.

Murojaat qayd etildi: uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni, 2021-yil, 21-iyun kuni, soat 10:39.

⇒ Murojaat mazmuni: «...Men Izboskan tumani, Urganji mahallasi, Avloniy ko‘chasi 5-uydan murojaat qilmoqdaman. Mahallamiz “Obod qishloq” dasturiga kiritilib, yangi simyog‘ochlar o‘rnatildi. Shundan beri uyimda elektr yo‘q. 10 kun bo‘ldi. Elektrdan qarzim yo‘q. Izboskan “elektroset”ga murojaat qildim. Hal bo‘lmayapti...».

⇒ Murojaatga javob: «Hurmatli fuqaro Fazliddin Iqbolidinovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati  vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi».

❗️MA'LUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

het.uz: Yashash hududingizdagi elektr energiyasi ta'minotiga oid xabarlar, noqonuniy ulanishlar hamda elektr energiyasida rejalashtirilgan o‘chirishlar haqidagi tezkor e'lonlar va shu kabi sohaga oid boshqa zarur ma'lumotlarni kuzatib borish imkoni mavjud.

 Quyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining rasmiy telegram kanallari havolalari keltirilgan.

Batafsil

‼️ Barcha iste'molchilarga minenergy.uz, uzbekistonmet.uz, tpp.uz va het.uz veb-sayti hamda ularning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida berib borilayotgan ma'lumotlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz. Elektr ta'minoti barqaror faoliyat yuritish uchun tizim tashkilotlari tunu kun xalqimiz xizmatida, iste'molchilarning huquqlari bilan birga bir qator majburiyatlari ham mavjud.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
  t.me/uzmetaxborotxizmati

>