Kelib tushgan murojaatlar
Farg‘ona viloyatidan fuqaro murojaati: «Raqamlashtirilgan elektr hisoblagichlarni xonadonlarga o‘rnatishdan oldin kamchiliklarini bartaraf qilib, keyin o‘rnatinglar...»
  • 17.06.2021
  • 512

Murojaat egasi: Ma'murov Murodjon Abdihoshim o‘g‘li

Murojaat kelib tushgan vaqt: 2021-yil, 16-iyun uni, soat 21:43.

Murojaat qayd etildi: uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni, 2021- yil, 17- iyun kuni, soat 9:21.

⇒ Murojaat mazmuni: «...Men Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanining chekka qishlog‘i — Oyimqishloqda yashayman. Bugun, ya'ni 2021-yil 16-iyun ertalab elektr energiyasidan qarzimiz borligi uchun avtomatik tarzda tarmoqdan uzildik. Qarzimizni to‘ladim. Ammo 12 soatdan buyon yongani yo‘q. Tuman elektr tarmoqlariga 4–5 marta bordim. Viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga ham chiqdim (qo‘ng‘iroq qildim). “Ana-mana, internet sekin, 3-9 soatda yonadi. Kompyuter ishlamayapti, internet sekin” deb quloqqa lag‘monni ilib, hozirgacha vaqtni o‘tkazishdi. Mana, yana “svet” yo‘q. Bunaqa raqamlashtirishning kimga keragi bor? Biz qishloqdagilar elektr nimaligini yoz faslida bilsak... Gaz bizga orzu. Endi qarzdor xonadonni tokdan uzib, dasturlaringni bahona qilib, yana sarson qilinglar!».

⇒ Murojaatga javob: «Hurmatli fuqaro Murodjon Ma'murov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi».

❗️ MA'LUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

☎️ YAGONA TELEFON raqami — matbuot kotibi 71/236-68-08 va ISHONCh RAQAMI  — fuqarolar murojaati uchun maxsus raqam 71/208-56-46. Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7345

‼️ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

E'tiboringizga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmati tomonidan het.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida keltirilgan e'lonini havola etamiz:

  Hurmatli iste'molchilar, hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.

⇒ Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali murojaat uchun:
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin,
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari.
Call centre: 1154.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

  Fuqaro Murodjon Ma'murov, shu bilan birga, barcha iste'molchilarga het.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida berib borilayotgan ma'lumotlar, ogohlantirish hamda foydali maslahatlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz. Elektr ta'minoti barqaror faoliyat yuritish uchun tizim tashkilotlari tunu kun xalqimiz xizmatida, iste'molchilarning huquqlari bilan birga majburiyatlari ham mavjud. 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>