MUROJAAT MAZMUNI:
Men Primov Nurali Shuhratovich, Navoiy shahar Uchquduq ko‘chasi 4/3 uyda yashayman. Mutaxassislar uyimizga kelib, qo‘shnilarning elektr hisoblash moslamasini bizniki birga ulab ketishgan...
Nega qo‘shnining elektr hisoblagichini bizning hovliga o‘rnatadi? Murojatimni hisobga olib, Navoiy elektr tarmoqlari ishchilarini tegishli jazolash to‘g‘risida xulosalar berishingizni so‘rayman. Ular menining telefon nomerimga haqiqatdan jazolanganligi haqida biror dalil yuborishlarini xohlayman!
Zamonaviy elektr hisoblagichlar bo'yicha yo'riqnoma
MUROJAATGA JAVOB:
Hurmatli iste'molchi Primov Nurali Shuhratovich!
Sizning rasmiy murojaatingiz «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan ma'lumot o‘rnida qabul qilindi va Siz tomoningizdan ko‘tarilgan masala Jamiyatimizga turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasida ekanligini ma'lum qilamiz.
Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini transportirovka qilish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi, kichik kuchlanishli simyog‘och va elektr tarmoqlariga, shu bilan birga, elektr hisoblagich jihozlarini o‘rnatish kabi xizmatlarni amalga oshirmaydi.
Shu bilan birga, Sizga shuni ma'lum qilamizki, murojaatingiz mazmuni «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mas'ul xodimlariga yuborildi va ular tez orada murojaatingiz yuzasidan tegishli munosabat bildiriladi. Mutaxassislar elektr hisoblagichni o‘rnatishda xatolikka yo‘l qo‘yishgan bo‘lsa, kamchilik tezda bartaraf etiladi.
Qo‘shimcha ma'lumot: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatining rasmiy telegram kanali: https://t.me/hetmuloqot bo‘lib, unda elektr hisoblagichlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berib borilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy bayonoti: «Hurmatli iste'molchilar, hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram'dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali murojaat uchun:
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin,
Faebook – «Hududiy elektr tarmoqlari»
Shuningdek, bu kabi e'lon va ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham berib borilmoqda: https://t.me/PRMINeNeRGY/32
Qo‘shimcha ma'lumot: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rasmiy http://www.het.uz/oz veb-saytida iste'molchilar uchun zarur ma'lumotlar bilan bir qatorda Jamiyatning hududiy bo‘limlari haqidagi batafsil ma'lumotlar mavjud: http://www.het.uz/oz/lists/regions.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari bo‘yicha qisqa 1154 raqami, shuningdek “all yentre”ning 71/202-50-55, 71/202-50-01 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Hurmat bilan, «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmat