Murojaatchining nomi: Zokirjon Otajonov
Murojaatchining manzili: Farg‘ona viloyati
Murojaat mazmuni: «...Uyda svet yonmayapti, balansimda 60 ming so‘m bor, lekin “svet” yongani yo‘q, shunga chora ko‘rishingizni iltimos qilaman...»
Murojaatchining nomi: Anvar Yusufovich Ravshanov
Murojaatchining manzili: Navoiy viloyati
Murojaat mazmuni: «...Men 2 yildan beri Navoiy viloyati Zarafshon shahar atrofidagi dachalardan birida yashayman. Murojaatim shuki, shu vaqt mobaynida elektr energiyasining 110 V gach pasayishi, ayniqsa yoz va qish chillasida doimiy kuchlanish 180 V ni tashkil etadi. Sizdan Zolotinka dachalarida kuchlanish stabil 230 V bilan ta’minlashingizni iltimos qilaman!»
Murojaatchining nomi: Zamira Abdullayeva
Murojaatchining manzili: Xorazm viloyati
Murojaat mazmuni: «...Uyda svet yo‘q. Kun buyi o‘chmoqda… Nega? Ustalarimiz bor uyda... Ularning ishi to‘xtab qoldi-ku!»
✔Murojaat javob: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 18-moddasiga asosan, ko‘rib chiqish uchun turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ matbuot xizmatiga yo‘naltirildi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
☎ YAGONA TELEFON raqami — matbuot kotibi 71/236-68-08 va ISHONCH RAQAMI — fuqarolar murojaati uchun maxsus raqam 71/208-56-46. Ijtimoiy tarmoq sahifalari
‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
Shuningdek, Fuqaro Zamira Abdullayevaga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan quyidagi maqola-xabarnomalarni mutolaa qilishni tavsiya etamiz:
ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDAGI UZILISHLAR — ISTE'MOLNING ORTISHI TUFAYLI YUZAGA KELADI
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/582
MUROJAAT MAZMUNI: «NEGA AYNAN NONUSHTA VA KECHKI OVQAT PAYTI CHIROQ O‘CHADI?»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/215
DISPETCHER ELEKTR TA'MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? YOXUD TIZIMIDAGI YIRIK AVARIYALARNING ASOSIY SABABLARI
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/177
CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! YOXUD BUGUNGI KUN ENERGIYA TEJAMKORLIGI MADANIYATI QAY AHVOLDA?
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/150
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati