Kelib tushgan murojaatlar
«Uy-joyga shartnoma olishda amaliy yordam so‘rayman...»
  • 20.08.2021
  • 510

Murojaat egasi: Abdukarimova Ra’no Yusupovna

Murojaatchining manzili: Sirdaryo viloyati

Murojaat mazmuni: «...Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilgan. Uy-joyga shartnoma olishda amaliy yordam so‘rayman. Ikki nafar farzandning yolg‘iz boquvchisiman...»

Murojaatga javob: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘z vakolatlari doirasidan tashqari masalalar bilan shug‘ullanmaydi. Fuqaro R.Y.Abdukarimovaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq (https://lex.uz/docs/4774086) ish yuritishni hamda tegishli tashkilotlarlarga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

Ishonch telefoni (Call markaz) +998 55 500-55-45

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>