Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAATNING MAZMUNI: «Yuqori kuchlanishli liniya ostidagi yer maydonida dehqonchilik qilmoqchiman»
  • 08.02.2021
  • 793

  MUROJAATNING MAZMUNI:

  «Assalomu alaykum! Farg‘onadan Rasulov Farhod ismli fuqaroman. Sizlarga bir murojaatim bor edi... Men yuqori kuchlanishli liniya ostidagi yerda dehqonchilik qilmoqchiman, hokimiyat ruxsat bermadi, ruxsat bo‘lmasa nega boshqalar daraxt ekayapti...?"

  MUROJAATGA JAVOB:

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Yagona ishonch raqamiga Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasi 2-uyda ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashovchi fuqaro Rasulov Farhod Topivaldiyevich tomonidan qilingan murojaatni o‘rganish natijasi bo‘yicha «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali ma'lumot beradi:

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Yagona raqamiga fuqaro Rasulov Farhod qo‘ng‘iroq qilib, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i ostidagi yer maydonida dehqonchilik qilmoqchi ekanligini, lekin bunga hokimiyat ruxsat bermagani, shungday bo‘lsa-da boshqa fuqarolar tomonidan daraxt ekilayotganligi to‘g‘risida murojaat qilingan.

  Ushbu murojaat “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Farg‘ona MET” filiali mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaro F.Rasulov bilan bevosita suhbatlashib, quyidagilar aniqlandi:

  Fuqaro Farhod Rasulov Farg‘ona shahar hokimligiga ariza bilan murojaat qilib, Farg‘ona shahar «Quyi-Qirguli» MFY hududidan o‘tgan elektr tarmoqlari muhofaza zonasida joylashgan yer maydonini foydalanishga berishni so‘ragan va hokimiyatdan rad javobini olgan.

  Filial mutaxassislari tomondan fuqaro foydalanish uchun so‘ragan yer maydoni ko‘zdan kechirilganda “Farg‘ona MET” filialiga qarashli 2 ta, ya'ni 110 kVli L-7F–1 va L-7F–2 hamda 220 kV li L-F-S elektr tarmoqlari, “Farg‘onaazot” AJ qarashli 3 ta 110 kVli elektr tarmoqlari, shuningdek “Farg‘ona XETK” AJga qarashli 2 ta 110 kVli elektr tarmoqlari muhofaza zonasida joylashganligi aniqlandi.

 

 

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza qilish qoidalari”ni ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimligida 2019-yil 03-oktabr kunidagi “Shahar va tuman hududlaridagi elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilishda ushbu himoya zonalariga qurilgan obyektlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish masalasi to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishning 291/01-49-sonli bayonida muhofaza zonasida belgilangan qoidalarga rioya etilishi yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi belgilangan. Shunga asosan “Farg‘ona MET” filiali tomonidan tegishli shahar, tuman hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish jarayonida qoida talablariga rioya etilishi yuzasidan xatlar taqdim etilgan.

  Shunga ko‘ra fuqaro F.Rasulovga ham u so‘ragan yer maydoni muhofaza zonasida joylashganligi sababli rad javobi berilgani, chunki bu yerlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza qilish qoidalari” talablariga ko‘ra turli nosozlik va yirik avariyalarning oldini olish maqsadida muhofaza etilishi tushuntirildi.

  Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining himoya zonasida daraxt ekkan boshqa fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilishi ma'lum etildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>