Kelib tushgan murojaatlar
RASMIY MUNOSABAT: ELEKTR JIHOZLARINI TEXNIK-MUHANDISLIK TALABLARIGA MOS RAVISHDA EKSPLUATATSIYA QILISH MUHIM
  • 03.08.2020
  • 1039

   2020-yil 30-iyul kuni diyor24.uz veb-satida «Boysun tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi, ammo ayrim savollar javobsiz qolmoqda» nomli maqola e'lon qilindi.

   Batafsil: https://diyor24.uz/

   Unda Boysun tumani hokimligining rasmiy munosabati ostiga: suv quvuri elektr ta'minoti ogohlantirishsiz uzilgani sababli shikastlangani, bunga elektr ta'minotchisi javob berishi lozimligi, elektr ta'minotining ogohlantirishsiz uzilishlari natijasida aholining qanchadan-qancha maishiy texnik vositalari ishdan chiqayotgani, bunday holatlarning oldini oluvchi tartib-qoida va yechim mavjud yoki yo‘qligi mutasaddi tashkilotlarga savol tariqasida qoldirilgan. 

   Yuqorida keltirilgan savollarga javob va mazkur masalaning batafsil izohi elektr energiyasini taqsimlovchi-ta'minlovchi korxona —  «Hududiy milliy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinadi.

 

 

   “Amu-Surxon Irrigatsiya tizimlari” havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hisobidagi “Darband” nasos stansiyasi 1-ko‘tarmasidagi bosimli quvurning Boysun 110 kV elektr liniyasida elektr energiyasining to‘satdan o‘chishi natijasida nosoz holga kelishi yuzasidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati Milliy dispetcherlik markazi ma'lumotlariga tayanib quyidagilarni ma'lum qiladi:

   Joriy yil 29-iyul kuni soat 13:57 da «Navoiy IES»dagi 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi avtomatik boshqaruv tizimidagi nosozlik tufayli favqulotda o‘chdi. Energotizimda turg‘unlikni saqlashga qaratilgan avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida iste'molchilar bir necha daqiqa tarmoqdan avtomatik tarzda uzilgan. Tarmoqdan uzilgan iste'molchilar ichida Boysundagi nasos stansiyalari ham mavjud. Elektr ta'minoti uzilgandan keyin ro‘y bergan avariyaviy o‘chish bilan bog‘liq barcha texnik shartlar nihoyasiga yetkazilib, so‘ng tarmoqqa qayta ulangan.

   Umuman olganda, iste'molchilar texnik shartlar orqali avtomatika tizimiga kiritilgani (xavfsizlik talablariga muvofiq)  haqida ogohlantiriladi va imzolanadigan shartnoma shartlarida bu haqdagi bandlar mavjud. Nasos stansiyalari ham turli nosozlik ro‘y bergan paytlarda elektr ta'minoti tizimining avtomatik qayta ulanish tartibidan xabardor. Ammo suv nasoslarida teskari yo‘nalishni bloklaydigan maxsus klapani (обратный клапан) bo‘lishi lozim.

 

 

   Faqat nosoz suv nasoslari elektr ta'minotidagi avtomatik qayta ulanish paytida suvning teskari yo‘nalishdagi harakati (bosimi) tufayli yana bir qancha nosozliklarga duch kelishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan holatlar havo liniyasi avariyaviy o‘chganda ham sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Xullas, Boysun 110 kV havo liniyasi elektr ta'minotining barqarorlik ish rejimi va balansidan kelib chiqib 25 daqiqadan so‘ng, soat 14:22 tarmoqqa ulangan.

   Kelgusida shunga o‘xshash holatlarning oldini olish maqsadida toifalangan obyektlar elektr jihozlarini, xususan suv nasoslarini ham barcha texnik-muhandislik talablarga mos ravishda — soz holatda ekspluatatsiya qilish maqsadga muvofiq. Tushunarli bo‘lishi uchun misol tariqasida shuni aytishimiz mumkinki, agar elektr ta'minotidagi xavfsizlik shartlari: avariyaviy o‘chish va avtomatik qayta ulanish jarayonida suv nasoslarida turli nosozliklar kelib chiqaverganida, suv ta'minoti jarayonida beqaror vaziyat yuzaga kelishi sodir bo‘lar edi.

   Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi bug‘-gaz qurilmasi avtomatik boshqaruv tizimidagi nosozlik tufayli yuz bergan qisqa uzilishlar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>