Murojaat egasi: Tirkashov Bobur Uchqun o‘g‘li, Toshkent shahri.
Murojaat egasi: Isomiddinov Sobit Turg‘unovich, «GREEN APPLE‘S» MChJ, Toshkent shahri.
Murojaat egasi: Asadullayev Lutfulla, Jizzax viloyati. Murojaat mazmuni: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, “Marjonbuloq” ShFY, Sharof Rashidov nomidagi mahalla 2021-yilda “Obod mahalla” dasturiga tushib, 30 ta beton tayanch ustuni (“stolba”) va 1 ta transformator ajratilgan, deb aytilgan edi.
Murojaat egasi: Eshonqulov Boburjon Salim o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati. Murojaat mazmuni: O‘z sohamda va o‘zim qiziqqan sohada ishlashni, shuningdek, imkon qadar o‘zim xohlagan ishda ishlashimga yordam ko‘rsatishlarizni hamda bilmaganimni o‘rgatib, ko‘nikmamni oshirib, hech qachon yengilmaslik uchun kimdur turtki bo‘lishini sizlardan so‘rardim...
Murojaat egasi: Normurodov Faxriddin Xolmanovich, Toshkent shahar. Murojaat mazmuni: Maʼlumotim oliy, energetika tizimida 18 yil ish stajiga egaman. Davlat va rus tillarini bilaman, kompyuterda erkin ishlay olaman. Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘limi mutaxasisligi bo‘yicha suhbatga qatnashmoqchiman...
Murojaat egasi: Xolov Javlonbek Davronovich, Toshkent shahar.
Murojaat egasi: Olimov Farrux Azamat o‘g‘li, Namangan viloyati.
Murojaat egasi: Salayev Eldor To‘rayevich, Qashqadaryo viloyati.
Murojaat egasi: Ortiqali Amanturdiyev, Toshkent viloyati. Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Amanturdiyev Ortiqali. Men 2012-yil 4-dekabrdan energetika tizimi, “Toshkent MET” filialining Bekobod bo‘limida elektr chilangari vazifasida ishlab kelaman. Men 2022-yil Navoiy innovatsiyalar universitetining Elektr energetika yo‘nalishiga, to‘lov kontrakti asosida, o‘qishga kirdim. Hozirda 1-kursni tamomladim. 2-kursdan to‘lov kontraktni to‘lab bera olasizlarmi?
Murojaat mazmuni: Sizning xodimlaringizni “yuqori kuchlanishda ishlash” bo‘yicha o‘qitgan edik. O‘qigan xodimlarga ishlashga ruxsat etilgan guvohnoma va bayonnoma berganmiz. Siz shartnoma shartlarini buzganlikda ayblanasiz va oqibatda berilgan guvohnomalar “haqiqiy emas” deb topiladi.
Murojaat mazmuni: 7-aprel kuni transformator portlab ketganligi sababli uyimdagi elektr hisoblagichim kuyib ketdi. Amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
Murojaat egasi: Shermatova Gulsara, Toshkent viloyati. Murojaat mazmuni: Qibray tumani 32-uy oldidagi “stolba” chirib qiyshayib, “avariyniy” holatga kelib qolgan. «Tuman elektr tarmoqlari korxonasi»ga 7-fevralda Ariza berilgan. Uning xodimlarining aytishicha, «Favqulodda holatlarning oldini olish uchun tumanlarda maxsus jamg‘arma yo‘q, kerakli uskunalar zaxirasi ham yaratilmagan» emish. Iste’molchilar mablag‘i tumanga tushmas ekan! Bu nima ahvol? Falokat ro‘y bersa, kimni jinoiy javobgarlikka tortish kerak bo‘ladi?
Murojaat egasi: Normurodov Faxriddin Xolmanovich, Toshkent shahri. Murojaat mazmuni: Men Normurodov Faxriddin Xolmanovich, maʼlumotim — oliy, mutaxassisligim — muhandis-iqtisodchi, energetika sohasida 18 yil ish stajiga egaman. Ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘limiga ishga o‘tish uchun suhbatga qatnashmoqchiman...
Murojaat egasi: Tuxtayev Zuxriddin, Тошкент viloyati. Murojaat mazmuni: Uch kundan beri uyimizda elektr energiyasi yo‘q. Bolarimiz “svet”siz, suvsiz qolmoqda. Yordam berishingizni so‘rayman.
Murojaat egasi: Amonov Baxtiyor Qo‘ldoshevich, “Nurota ETKA” AJ. Murojaat mazmuni: Menga “noqonuniy ulanish” deb jarima qo‘llashdi. “Nurota ETK” AJ tomonidan 2023-yil 2-mart sanasida chiqdi.
Murojaat mazmuni: Mening xonadonimda eski elektr o‘lchagich bor. Yangi xonadon Buxoro viloyati, Islom Karimov ko‘chasi, 86/16-xonadon. Buni kim yangisiga almashtirib beradi? Biror maʼlumot bersangizlar. Oldindan rahmat!
Murojaat mazmuni: Sizga Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Navro‘z qo‘rg‘oni, “Mevazor” MFY tomonidan murojaat qilyapmiz. Mahallamizning bog‘cha va maktab joylashgan qismida transformator bor. Yaqinda shu transformator ochiqligi sababli 7 yoshli bolani tok urdi. Hozirda bola shifoxonada. Bolaning qo‘llari hozircha hech narsani sezmayapti. Sizlarga murojaatim shuki, bormi tirik jon?! Davlat tomonidan necha million-milliard so‘mlar ajratiladi, aslida bu transformatorlar qanday holatda bo‘lishi kerak? Nahotki davlatning pulini yeb to‘ymadinglar?! Bola bu ahvolga tushushiga endi qay bir masʼul tashkilot javob bera oladi?! Kim qaraydi bu transformatorlarga, yoki yana kimdir talafot ko‘rishini kutasizlarmi?!
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli ishchilar! Men Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanda tug‘ilganman. Hozirda “Namangan politex”da energetika va mehnat muhofazasi fakultetining texnologik mashinalar va jihozlar sohasida o‘qiyman. 4-kurs, sirtqi taʼlimdaman. Ishga kira olamanmi? “MET” eʼlonlarini ko‘rib chiqsam, tajriba bo‘lish kerak, deyilgan. Bitirgandan keyin ham tajriba, kerak deydi. Ko‘p joyda tajriba kerak, deyilsa, biz sirtqida o‘qiyotganlar tajribani qayerdan olamiz? Bitirgandan keyin ham qayerdan olamiz tajribani? Murojaatimni o‘qiysizlar, deb uylayman...
Murojaat egasi: Eshanqulov Javlonbek Abdullayevich, Samarqand viloyati.
Murojaat egasi: Yakubjonov Ixtiyorjon Islomjon o‘g‘li, Farg‘ona viloyati.