Murojaat egasi: Bazarbayev Kenjabay, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Elektron pochta: umidbekbozorboyev79@gmail.com
Murojaat mazmuni:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri
Mirzamahmudov Jo‘rabek Tursunpulatovichga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani
“Buz-yop” ovul fuqarolari yig‘iniga qarashli Alang-ovul
(yashovchilari nomidan) fuqarosi Bazarbayev Kenjaboydan
Ariza
Beraman ushbu arizani shu haqdakim, Alang-ovul aholi punktiga elektr toki 1964-yilda kelgan. Shu vaqtda Alang-ovul aholisi 30 ta xonadondan iborat edi. Hozirgi vaqtda aholining ko‘payishi natijasida ovul aholisi 200 ta xonadondan oshib ketdi. Xalqning elektr energiyasiga bo‘lgan isteʼmol hajmi yana-da ko‘paydi. Shunga qaramasdan 1964-yilda qurilgan podstansiya, “stalba”lar va simlarga hozirgi vaqtda 59 yil bo‘ldi. Bular o‘z kuchini yo‘qotmoqda va foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan. Bizlarga hozirgi eng kuchli, zamonaviy elektr podstansiyalari kerak. Ovulda agar shamol bo‘lsa, yomg‘ir-qor yog‘sa, ovul aholisi elektr taʼminotida nosozliklar yuzaga keladi. Yana aholi o‘zlari hisobidan tuzatishga majbur bo‘ladi. Alang-ovulida elektr toki juda past, xalq bundan norozi. Bugungi kunga kelib podstansiya simlar va “stalba”lar 59 yil davomida o‘zgartirilmagan. Hozirgi vaqtda simlarning uzilishi tez-tez sodir bo‘lib kelmoqda va “stalba”lar hozirgi vaqtda “avarenniy” holatda. “Nasosniy” stansiyalarga ovulimizdan juda kuchli 380 voltli “visaka voltli” elektr toki o‘tgan, shulardan bizning Alang-ovulda yashovchi xonadonlarni shu liniyaga va yangi, eng kuchli podstansiya o‘rnatib berishingizni so‘rayman, deb ariza beruvchi Bazarbayev Kenjaboy...
Axborot xizmatidan izoh: Murojaatchining arizasidagi ayrim imlo xatolari tuzatilib, matn tuzish uslubini asl holida qoldirishga urindik. Murojaatchi “patistansiya” deganda “past kuchlanishli transformator punkti”; “stalba” deganda “simyog‘och ustunlari” yoki “tayanch ustunlari”; “visaka voltli” elektr toki deganida “380 volt kuchlanishli elektr tarmog‘i”ni tushunishingizni iltimos qilamiz va murojaatchining telefon raqamini sir tutgan holda arizasi mazmunini asl holicha taqdim etamiz.
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Kenjabay Bazarbayev, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17367
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Eslatib o‘tamiz, Siz energetika sohasi tizim tashkilotlari ish faoliyatidan qoniqmasangiz yuqori tashkilot — Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz
Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.
Transport:
Metro: «Amir Temur» bekati
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98
Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)
Tel: (998 71) 236-3822
Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz
Ish grafigi:
dushanba - juma: 9:00 - 18:00
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
shanba, yakshanba: dam olish kuni
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati