Murojaat egasi: Gandjaev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati (“Karimboy Otabek servis” oilaviy korxonasi nomidan)
Elektron pochta: ganjaevotabek00@gmail.com
Murojaat mazmuni: «Karimboy Otabek Servis» oilaviy korxonasi Urganch shahrining Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida joylashgan. Oilaviy korxonasiga tegishli bo‘lgan Shovot kanali bo‘yicha kafe va stadion mavjud. Oilaviy korxona tomonidan 2014-yil 6-dekabr kuni 63-237-TSh/192-raqamli texnik shart olinib, elektr energiyasi yerosti kabeli o‘tkazilgan. Hozirda endokrinologiya markazi orqa tomonida yangi bino kurilishi boshlangan. Kurilish ishlari natijasida yerlar kazib tashlangan. Qazish natijasida kabelga zarar yetkazilib, elektr ta'minoti uzilishi natijasida korxonaga tegishli binolar elektr energiyasiz qoldi. Men Urganch shahar elektr energiya korxonasi rahbari bilan uchrashganimda, qazish bo‘yicha hyech kim maslahat so‘ramaganini ta'kidladi. “Bu qurilishni amalga oshirayotgan korxona aybi”, deydi u. Qurilish tashkiloti prorabiga borib uchrashsam, menga qurilish bosh rejasini ko‘rsatib, uzilgan kabel liniyasi elektr energiyasi korxonasi tomonidan ko‘rsatilmaganini, bu borada aybi yo‘qligini ta'kidladi. Muammoga yechim bormi? Bu yerda ayb kimda ekanligi bilmayman, lekin men hozirda elektr energiyasiz qoldim. Sizdan iltimos, menga elektr energiyasini tiklab berishingizni so‘rayman. Masala tez fursatda yechilmasa, Bosh prokuroturaga, Prezident Adminstratsiyasiga murojaat qilishga majburman. Men hozirda moddiy va ma'naviy zarar ko‘rmokdaman...
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Atabek Karimovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmatiga, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MA’LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16204
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Ma'lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
• Call centre: 1154
• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati