Murojaat egasi: Amirov Sohibjon Ikrom o‘g‘li, Samarqand viloyati.
Elektron pochta: amirovsohibjon03@gmail.com
Murojaat mazmuni: Men Amirov Sohibjon Ikrom o‘g‘li, sizlardan ish so‘rab murojaat qilyapman. 2022-yildan Buxoro muhandislik texnologiya institutida, Energetika tarmoqlari bo‘yicha sirtqi ta’limda o‘qiyman...
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Sohibjon Ikrom o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.
Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni ma’lum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Ma’lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz.
Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasidan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta’lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma’lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma’lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma’qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.
Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
Ma’lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilmoqda. E’tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!
⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
Batafsil ma’lumotlar quyidagi e’lon tarkibida yozilgan:
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar
’https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441
Ma’lumot o‘rnida: Aksiyadorlik jamiyat uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.
Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma’lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.
Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Sohibjon Ikrom o‘g‘li, murojaatni to‘liq va adabiy til qoidalariga muvofiq yozishingiz, murojaat qilishdan oldin Aksiyadorlik jamiyat uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni va nomzodlarga qanday talablar qo‘yilgani bilan biroz qiziqsangiz, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Unutmang, ishga kirishni istagan har bir nomzodning bilim-saviyasi o‘rganiladi va bu — xodimning salohiyati (ko‘rsatkichlari) mehnat samaradorligini belgilovchi birinchi omil sifatida e'tirof etiladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati