Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ishonch telefonlari ko‘tarilmaydi! Vazir o‘rinbosari cheklov 1 soatdan ortmaydi, degan edi. Lekin bizda 24 soatda 20 soatdan ortiq elektr ta'minoti o‘chadi!»
  • 19.01.2023
  • 335

Murojaat egasi: Vohidov Mirali Zohid o‘g‘li, Navoiy viloyati.

Elektron pochta: pantera.92.uz@umail.uz

Murojaat mazmuni: Murojaatimni yuborishdan maqsad — elektr toki yana juda ko‘p o‘cha boshladi.
 

1-savol: Ishonch telefonlarizni hech kim ko‘tarmaydi! Nega?
2-savol: Ochig‘i, Vazir o‘rinbosari hududlarda cheklov 1 soatdan ortmaydi, degan edi. Lekin bizda 24 soatda 20 soatdan ortiq elektr ta’minoti o‘chadi? Bu muammoni qachon yechasizlar?

Navoiy shahrida yashayman. Men 1154 raqamga qo‘ng‘iroq qilsam, “...tok o‘chishi masalasida... sizlar Buxorodan tok olasizlar”, deydi. “Biz hal qilolmaymiz”, deydi. Biz nima qilishimiz kerak? Ishlatsak — pulini to‘layapmiz! To‘lamasak — qo‘ymaysizlar-ku! Shunga yarasha uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlanglar! Men bu murojaatimga shablon tariqasida javob olishni istamayman! Sizlarning vazirlikdagi o‘rinbosarlaringiz aytgan gap bajariladimi?
 

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Mirali Zohid o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hamda yuqori tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 

MA’LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17073        

 

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 

Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste’molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

Qo‘shimcha ma’lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi.

 

Bu haqda batafsil ma’lumotlarni quyidagi havolalardan olishingiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

 

Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935

 

Ma'lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi. Energetika vazirligi Markazning muassisi hisoblanadi. Uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori.

Manba: https://www.lex.uz/docs/6058685

 

Sayt sahifalarida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2451

 

☎️ Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-60-35 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6226 raqamlari barqaror faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021-yildan buyon Call century raqami +998 (55) 500-5545 raqami faoliyat ko‘rsatib, uning ish faoliyati https://www.uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirilgan.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>