Murojaat egasi: Nurmurodov Doston Jamol o‘g‘li, Samarqand viloyati.
Elektron pochta: dossebek11@gmail.com
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati, Narpay tumani, Nog‘oraxona mahallasidan murojaat qilmoqdaman. Tumanimizda 3 yoki 4 ta elektr liniyasi bor. O‘shandan bitta bizani liniyamizda cheklov haddan ziyod ko‘p, liniyamizni nomi hududiy elektr tarmoqlarini aytishi bo‘yicha “Tegirmon-110” emish. Qolgan liniyalarda, kun sovuq bo‘lishiga qaramasdan, kuniga 1 soatdan 3 soatgacha uzilish bo‘ladi. Bizani liniyamiz hozirgi kunda 3 soat yoki 4 soat yonadi 24 soat davomida. “Hududiy elektr tarmoqlari”ga ham, Prezident portaliga ham chiqdim. Yana o‘zimizni tumanga jo‘natadi. Bular “cheklov bor”, deydi — tamom. Birorta qaraydigan, tartibga soladigan mas’ul shaxslar bormi? Iltimos, yordam qilingizlar...
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Doston Jamol o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas’ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17019
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
♦ het.uz – rasmiy veb-sayti
♦ Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
♦ Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
♦ Call centre: 1154
♦ Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Qo‘shimcha ma'lumot: Elektr energetika tizimida ma'lum sabablarga ko‘ra elektr energiyasi taqchilligi bo‘lsa (nosozliklar sabab, ishlab chiqarish jarayoniga yoqilg‘i yetmasligi sabab yoki boshqa sabablar) Milliy dispetcherlik markazi tomonidan rejimni saqlash, ya’ni avariya rejimini bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda boshqa turdosh tashkilotlar dispetcherlariga elektr ta'minotiga zarur miqdorlarda cheklovlar kiritish, yoki aksincha, generatsiya quvvatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonunining (Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan) https://lex.uz/docs/1521177 23-moddasiga asoslanib amalga oshiriladi.
2022-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, ushbu davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining milliy, regional va hududiy dispetcherlik funksiyalarini bajaradi.
Yagona elektr energetika tizimini operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash, yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish, elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish kabi ishlarni bajarish markazning asosiy vazifalari etib belgilandi va u — Milliy dispetcherlik markazi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tasarrufida faoliyat yuritishni boshladi. https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10782
Ma’lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste’molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
♦ Call centre: 1154
♦ Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati