2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «MG1733208024/135-unikal raqamli yer uchastkasi Jayxun havo liniyasining muhofaza zonasiga kirmaydi. Bu murojaatim tuman prokuraturasi tomonidan to‘liq o‘rganilmadi...»

Murojaat mazmuni: Xorazm viloyati, Gurlan tumanida auksionga chiqarilishi kerak bo‘lgan bo‘sh yer uchaskalarini tuman mutasaddi tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda rad qilish holatlari kuzatilmoqda.

  • 07.02.2025
  • 37
Murojaatchi: «3-4 yildan buyon elektr tarmoqlarida yetishmovchilik kuzatilmoqda, 135V. Bizlarga transformator qo‘yib berishlaringizni so‘raymiz»

Murojaat mazmuni: Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Xo‘jaqishloq mahallasining chekka hududida 30 xo‘jalik yashaymiz.

  • 14.01.2025
  • 63
Murojaatchi: «Elektr hisoblagich kimning hisobidan qo‘yiladi? Kim tomonidan tarmoqqa ulanadi va kimning hisobidan? Yana nimalarga xarajat qilinadi?»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Tarmoqqa yangi ulanishim kerak. Shu vaqtgacha ulanmagan uy. Shunga tarmoqga ulanish uchun sarflanadigan mablag‘lar to‘g‘risida maʼlumot olmoqchiman.

  • 10.01.2025
  • 47
Murojaatchi: «Qibray elektr tarmoqlari “bu liniya bizga emas, Milliyga tegishli”, deb javob qildi...»

Murojaat mazmuni: Yangi turarjoy uchun Kadastr tashkilotiga ariza bergandim. “Siz bizga Qibray RESdan himoya zonasi to‘g‘risida xulosa olib bering”, deyishdi. Qibray elektr tarmoqlari “bu liniya bizga emas, Milliyga tegishli”, deb javob qildi.

  • 23.12.2024
  • 79
Murojaatchi: «Sariosiyo tumani, “Chosh” mahallasini 100 dona simyog‘ochlari bilan taʼminlab berishingizni iltimos va talab qilamiz!»

Murojaat mazmuni: Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, olis tog‘li va chekka hudud — “Chosh” mahallasi fuqarolar nomidan murojaat qilmoqdamiz. “Chosh” MFY hududiga 1989-yilda o‘rnatilgan simyog‘ochlar eskirib, chirib ketgan.

  • 05.12.2024
  • 120
Murojaatchi: «Bildirilgan eʼtirozga Urinov “saviyasi past” deb haqorat bilan javob qaytardi...»

Murojaat egasi: Tuychiyev Murodjon Mashrabovich, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali.

  • 26.11.2024
  • 80
Murojaatchi: “Menga Navoiy yuqori kuchlanish elektr tarmoqlariga imtihon asosida ishga kirishimga amaliy yordam berishingizni so‘rayman!”

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Menga Navoiy yuqori kuchlanish elektr tarmoqlariga imtihon asosida ishga kirishimga amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Men 2024-yilda Toshkent davlat transport universitetini Elektr energetika yo‘nalishini tamomlaganman.

  • 11.11.2024
  • 93
Murojaatchi: «Elektr tarmog‘iga ulanish uchun elektr hisoblagich o‘rnatish xarajatlari kim tomondan qoplanadi?»

Murojaat mazmuni: Assalom aleykum! Elektr tarmog‘iga ulanish uchun elektr hisoblagich o‘rnatish xarajatlari kim tomondan qoplanadi?

  • 23.10.2024
  • 234
Murojaatchi: «1154 qisqa raqamiga 7:06 da murojaat qoldirdim. Hozir 9:10 daqiqa o‘tdi, lekin hali ham “sevet” yo‘q...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Toshkent tumani, “Oqtom” mahalla fuqarolari yig‘inida turaman. Bizda tez-tez elektr uzilishlari kuzatilmoqda.

  • 02.10.2024
  • 130
Murojaatchi: «“Svet” o‘chishining oldini olish uchun, menimcha, rahbarini ishdan olish kerak yoki muammoni hal qilsin. Jonga tegdi bunaqa...»

Murojaat mazmuni: Yangi hayot tumani, “Navro‘z” mahallasida har kuni “svet” o‘chadi. Telefon qilsak ko‘tarmaydi yoki umuman ishlamaydi.

  • 26.09.2024
  • 129
Murojaatchi: «Dadajon Aynaqulovich, men quyosh va suv isitgich olishga amaliy yordam berishingizni so‘rayman...»

Murojaat mazmuni: Men 2019-yil 12-sentabr kunidan hozirgi kunga qadar «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Elektr energiya oqimi hisobini yuritish guruhi muhandisi bo‘lib ishlab kelmoqdaman.

  • 23.09.2024
  • 111
Murojaatchi: «Otamning elektr tarmoqlarida 60 dona aksiyalari bor. Shu aksiyalar yuzasidan maʼlumot olishni istayman...»

Murojaat mazmuni: Otamning elektr tarmoqlarida 60 dona aksiyalari bor. Shu aksiyalar yuzasidan maʼlumot olishni istayman.

  • 23.09.2024
  • 134
Murojaatchi: «Hisob raqamimda 140 437 so‘m to‘lov qolishi kerak bo‘lishiga qaramay 12 190 so‘m to‘lov qolgan. Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hisob raqamimga qaytarishingizni so‘rayman!»

Murojaat mazmuni: Hozirgi paytda, yaʼni 04.09.2024 sanadagi hisob ko‘rsatkichi 9425 kV•soat, 30.06.2024 sanadagi kuni ko‘rsatkich esa 9105 kV•soat bo‘lgan. Shu kunga qadar 320 kV•soat elektr energiyasi sarf qilingan. Demak, 320 • 450 = 144 000 so‘m xarajat qilingan.

  • 05.09.2024
  • 154
Murojaatchi: «4-5 marotaba korxona xodimlariga murojaat qildik, lekin natija yo‘q. Oqibatda belgilangan limit oshiqcha ishlatilib, bizning aybimizsiz 2700 so‘mdan to‘lov amalga oshirilishi mumkin...»

Murojaat mazmuni: Bizning fermer xo‘jaligini elektr hisoblagich ko‘rsatkichi Yangiariq tuman elektr taʼminoti korxonasi bazasida 2024 yilning 22 avgust kunidan buyon onlayn tarzda ko‘rinmasdan kelinayotganligi sababli...

  • 29.08.2024
  • 158
Murojaatchi: «Uyimning ustidan yuqori kuchlanishli elektr liniyasi o‘tkazilgan»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Meni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Sarvari MFY da joylashgan uyimning ustidan yuqori kuchlanishli elektr liniyasi o‘tkazilgan, taxminan 2014 yilda. Ayni vaqtda ushbu elektr simlari yashashimiz uchun xavf tug‘diryapti. Oila aʼzolarimni xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu elektr simlarini ko‘cha yoqalab o‘tkazish uchun tegishli HETKga ko‘rsatma berishingizni so‘rayman.

  • 12.08.2024
  • 200
Murojaatchi: «Tavsiya: Davlat tashkilotlarining bino va ofislarida ish soatining maʼlum bir soatida “tejamkorlik soati” joriy etilsa...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli elektr tarmog‘i! Mening energiya tejamkorligi bo‘yicha shaxsiy fikrim, tavsiyalarim bor edi. Respublikamizda mavjud davlat tashkilotlari bino va ofislarida kun davomida, yaʼni kunlik kunduzgi ish jarayonida, ish soatining maʼlum bir soatida, yaʼni (10,20,30..........60 daqiqa) «Tejamkor soatlik» yoki «Tejamkor korxona», «Tejamkor vazirlik», «Tejamkor idora» deb ataladigan shunaqa bir vaqt joriy etilsa.

  • 24.07.2024
  • 199
Murojaatchi: «Ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi. Savolim shundan iboratki, idoralar ishga olmasa, stajini qanday olamiz?»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! O‘qishni yaqinda tugatgan yosh muhandislarga deyarli hech qaysi idorada ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi.

  • 09.07.2024
  • 230
Murojaatchi: «O‘zaro solishtirma dalolatnomaga asosan 2024-yilning aprel oyida 889585,20 so‘m va may oyida esa 11798103,90 so‘m farq qilayotgani aniqlandi...»

Murojaat mazmuni: Namangan viloyati, Pop tumani elektr taʼminoti korxonasi “POP TET” (00008 — Pop tuman elektr taʼminoti korxonasi) bosh hisobchisi Turg‘unov Botirjon tomonidan 2024-yilning aprel-may oylarida didox.uz sayti orqali elektron yuborilgan schyot-fakturalarining 01.07.2024-yil holatiga o‘zaro solishtirma dalolatnomaga asosan solishtirilganda, 2024-yilning aprel oyida 889585,20 so‘mga va may oyida 11798103,90 so‘mga farq qilayotganligi aniqlandi.

  • 05.07.2024
  • 220
Murojaatchi: «Xodimga, yaʼni akamga moddiy yordam berilmagan. Qachon beriladi?»

Murojaat mazmuni: Men Norboboyev Javlonning ukasi, Norboboyev Amonman. 2024-yil 16-iyun kuni «Qashqadaryo MET» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Ko‘kdumaloq” podstansiyasida mehnat faoliyati yurituvchi Norboboyev Javlon bilan kuyish oqibatli baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Akamning boshi ham yorilgan. Filial rahbari Sherzod Xoliyorov xabar olib turibdi. Ammo baxtsiz hodisaga uchragan xodimga, yaʼni akamga moddiy yordam berilmagan. Qachon beriladi?

  • 01.07.2024
  • 241
Murojaatchi: «Juda ko‘p taʼmir qilamiz, chunki aholi soni keskin o‘sib bormoqda. Shu sabab, mahallamiz bilan birga, o‘z hisobimizdan...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Murodov Jamshid Bahriddin o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Sohil” mahalla fuqarolari yig‘ini, Qahramon-3 ko‘chasi, 86-uyda yashayman. Murojaatimdan maqsad, biz yashaydigan hududda Sovet Ittifoqi paytida o‘rnatilgan eski transformator, ko‘p buzilib ishlaydi.

  • 14.06.2024
  • 200