2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
RASMIY MUNOSABAT: 220 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi favqulodda ochib, qisqa muddatda qayta ulandi
  • 24.11.2026
  • 37

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi elektr ta’minotida kuzatilgan uzilishlar yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Toshkent shahrida joylashgan 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli «Yuksak» podstansiyasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi favqulodda ochib qisqa muddatda qayta ulandi.

Mazkur holat yuzasidan filialning tezkor brigadalari tomonidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rilib, qisqa muddat ichida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq qayta tiklandi.

Ayni vaqtda barcha iste’molchilar elektr energiyasi to‘liq tiklangan va barqaror rejimda ta’minlanmoqda.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq faollari hamda foydalanuvchilardan tasdiqlanmagan va asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni, rasmiy axborot manbalarida e’lon qilinayotgan xabarlarga tayanishni so‘raymiz.

 

«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI