Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi. Savolim shundan iboratki, idoralar ishga olmasa, stajini qanday olamiz?»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! O‘qishni yaqinda tugatgan yosh muhandislarga deyarli hech qaysi idorada ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi.

  • 09.07.2024
  • 30
Murojaatchi: «O‘zaro solishtirma dalolatnomaga asosan 2024-yilning aprel oyida 889585,20 so‘m va may oyida esa 11798103,90 so‘m farq qilayotgani aniqlandi...»

Murojaat mazmuni: Namangan viloyati, Pop tumani elektr taʼminoti korxonasi “POP TET” (00008 — Pop tuman elektr taʼminoti korxonasi) bosh hisobchisi Turg‘unov Botirjon tomonidan 2024-yilning aprel-may oylarida didox.uz sayti orqali elektron yuborilgan schyot-fakturalarining 01.07.2024-yil holatiga o‘zaro solishtirma dalolatnomaga asosan solishtirilganda, 2024-yilning aprel oyida 889585,20 so‘mga va may oyida 11798103,90 so‘mga farq qilayotganligi aniqlandi.

  • 05.07.2024
  • 46
Murojaatchi: «Xodimga, yaʼni akamga moddiy yordam berilmagan. Qachon beriladi?»

Murojaat mazmuni: Men Norboboyev Javlonning ukasi, Norboboyev Amonman. 2024-yil 16-iyun kuni «Qashqadaryo MET» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Ko‘kdumaloq” podstansiyasida mehnat faoliyati yurituvchi Norboboyev Javlon bilan kuyish oqibatli baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Akamning boshi ham yorilgan. Filial rahbari Sherzod Xoliyorov xabar olib turibdi. Ammo baxtsiz hodisaga uchragan xodimga, yaʼni akamga moddiy yordam berilmagan. Qachon beriladi?

  • 01.07.2024
  • 51
Murojaatchi: «Juda ko‘p taʼmir qilamiz, chunki aholi soni keskin o‘sib bormoqda. Shu sabab, mahallamiz bilan birga, o‘z hisobimizdan...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Murodov Jamshid Bahriddin o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Sohil” mahalla fuqarolari yig‘ini, Qahramon-3 ko‘chasi, 86-uyda yashayman. Murojaatimdan maqsad, biz yashaydigan hududda Sovet Ittifoqi paytida o‘rnatilgan eski transformator, ko‘p buzilib ishlaydi.

  • 14.06.2024
  • 46
Murojaatchi: «Berilgan telefon raqamiga bir oydan buyon ulanish imkoni bo‘lmaganligi uchun statistik hisob yuborishingizni so‘rayman...»

Murojaat mazmuni: 2024-yil II chorakda O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllangan. 220 kV elektr tarmog‘i va 220 kV kuchlanishli “Zafarabod” podstansiyasini qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan qilingan ishlar hisobotini statistika bo‘limiga taqdim etishingizni so‘rayman.

  • 07.06.2024
  • 58
Murojaatchi: «Tadbirkor sizga o‘z hurmatini izhor etadi va metall mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni taklif qiladi!»

Murojaat mazmuni: «MOLAT TRADE» MCHJ yakka tartibdagi tadbirkor sizga o‘z hurmatini izhor etadi va metall mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni taklif qiladi. O‘zbekistonda ham, boshqa mamlakatlarda ham olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, metall mahsulotlarini yetkazib beruvchini tanlashga taʼsir qiluvchi asosiy omillar — metall prokatning sifati, narxi va yetkazib berish muddati hisoblanadi.

  • 20.05.2024
  • 42
Murojaatchi: «Har kuni “svet”imiz “svetomuzika” bo‘lib o‘ynaydi. Uyda komputerda o‘tirib ishlab bo‘lmaydi...»

Murojaat mazmuni: Men Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Alisher Navoiy mahalasi, Birodarlik ko‘chasida istiqomat qilaman. “Svet” 6-7 soatlab o‘chadi. Operatorlar trubkani ko‘tarib qo‘yishadi. Har kuni “svet”imiz “svetomuzika” bo‘lib o‘ynaydi. Uyda komputerda o‘tirib ishlab bo‘lmaydi...

  • 06.05.2024
  • 73
Murojaatchi: «Nima uchun elektr energiyasi narxi shu darajada ko‘tarildi?»

Murojaat mazmuni: Nima uchun elektr energiyasi narxi shu darajada ko‘tarildi? Xalqni o‘ylanglar! Qanday kun ko‘rish muammo, yana limit qo‘yilibdi.

  • 30.04.2024
  • 111
Murojaatchi: «Har kuni kechkurun elektr tarmog‘ida kuchlanish ko‘rsatkichi 150–160 volt atrofida o‘zgarib turadi... Bu muammoni kim hal qiladi?»

Murojaat mazmuni: Har kuni kechkurun elektr tarmog‘ida soat 19:00 dan keyin to 24:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida elektr energiyasining kuchlanish ko‘rsatkichi 150–160 yoki 190 atrofida, keyin yana 150 volt diapazonida o‘zgarib turadi. Kuchlanish o‘zgarishi keskin tarzda, favqulodda sodir bo‘ladi.

  • 29.04.2024
  • 47
Murojaatchi: «Mening bu fikrim bilan elektr energiyasi arzon narxda, har bir fuqaroga bir xilda (adolat bilan) taqsimlangan bo‘lardi...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Har bir xonadonga 200 kVt∙soat arzon narx elektr yetkazib berish noto‘g‘ri qaror. Bitta oilada 3 kishi bo‘lsa ham 200 kVt∙soat, 10 kishi bo‘lsa ham 200 kVt∙soat... Aslida 4 kishigacha bo‘lgan xonadonlarga 200 kVt∙soat, 4 kishidan ko‘p bo‘lgan xonadonlarga har bir boshga 50 yoki 70 kVt∙soatdan qo‘shimcha “lgota” berilishi kerak edi.

  • 29.04.2024
  • 135
Murojaatchi: “Energetika tizimida 1998-yildan beri ishlab kelmoqdaman. Ish stajim buxgalteriyada negadir kam hisoblanayapti...?”

Murojaat egasi: Xolmatov Xaydar Murzaxmedovich, «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimi.

  • 15.03.2024
  • 108
Murojaatchi: «Karmana tumani elektr tarmoqlari filialiga besh marotaba og‘zaki murojaat qildim, o‘rganishga kelishmadi va bir qancha bahonalar keltirishdi...»

Murojaat mazmuni: Men Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolari yig‘ini, Maftunquli ko‘chasi, 10-a uyda istiqomat qilaman.

  • 12.03.2024
  • 103
Murojaatchi: «Korxonamizga xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho ip yigiruv uskunalari olib kelingan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun doimiy elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim...»

Murojaat mazmuni: «WBM ROMITEX DIROMM» masʼuliyati cheklangan jamiyatining asosiy ish faoliyati ip yigiruv fabrikasidan iborat bo‘lib, hozirgi kunda 950 nafardan ortiq ishchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

  • 11.03.2024
  • 113
Murojaatchi: «Bir kunda 5-6 marotaba elektr o‘chib qoladi. Har safar chiroq o‘chganda kamida 2 soat o‘chadi...»

Murojaat mazmuni: Bir kunda 5-6 marotabalab elektr o‘chib qoladi. Har safar chiroq o‘chganda kamida 2 soat o‘chadi.

  • 04.03.2024
  • 88
Murojaatchi: «“Svet” judayam ko‘p uchmoqda, judayam ko‘p “o‘ynaydi”lar. Bir sutkada kamida 15 marta o‘chirib yoqishadi, gohida pirillab ham qoladi. Elektr jihozlarimiz kuyib qolishi mumkin...»

Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Men Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, Majidiy ko‘chasi, 62-uyda yashayman. “Svet” judayam ko‘p uchmoqda, judayam ko‘p “o‘ynaydi”lar. Bir sutkada kamida 15 marta o‘chirib yoqishadi, gohida pirillab ham qoladi. Elektr jihozlarimiz kuyib qolishi mumkin, bu ketishda... Shu muammolarni hal qilishga amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman.

  • 04.03.2024
  • 111
Murojaatchi: «“Svet” nimaga o‘chmoqda? Qarzim yo‘q bo‘lsa, nimaga o‘chirasizlar? Sabab?!»

Murojaat mazmuni: “Svet” nimaga o‘chmoqda? Qarzim yo‘q bo‘lsa, nimaga o‘chirasizlar? Sabab?!

  • 28.02.2024
  • 121
Murojaatchi: «Bizning qishloqda 24 soatga 8–9 soat “sevet” o‘chmoqda. Bizning qishloq odamlari televizor ko‘rishga, bolalar dars tayyorlashga haqlimi yoki yo‘q?»

Murojaat mazmuni: Assalom alaykum! Men Buxorov Shaxboz Husniddin o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidan murojaat qilmoqdaman. Bizning qishloqda 24 soatga 8–9 soat “sevet” o‘chmoqda. Bizning qishloq odamlari televizor ko‘rishga, bolalar dars tayyorlashga haqlimi yoki yo‘q? Qishloq odamlari boshqa jamiyatmi? Sizdan “sevet” o‘chishini bartaraf etish uchun amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

  • 27.02.2024
  • 85
Murojaatchi: “Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi?”

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Ergashov Jo‘rabek. Savolim bor edi. Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi? Buxoroda ham bo‘sh ish o‘rinlari bormi? Javob uchun oldindan rahmat!

  • 23.02.2024
  • 129
>