
Murojaat egasi: I.B.Xamdamov, «PLATINUM METAL INDUSTRY» MCHJ direktori
Elektron pochta: solehzajniev@gmail.com
Murojaat mazmuni: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga
«PLATINUM METAL INDUSTRY» MCHJ tomonidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) Nurobod tumani “Sazag‘an” massivida yillik quvvati 200 ming tonna bo‘lgan armatura ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. (EIZ ga aʼzolik guvohnomasi taqdim etiladi).
Bugungi kunda loyiha bo‘yicha qurilish ishlari yakunlanib, binoni kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bosqichi kelgan.
Loyihani elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 9500 kVt∙soat energiya talab qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan loyixani elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun (9500 kVt∙soat) “Sazag‘an” podstansiyasiga ulanish bo‘yicha texnik shart berishingizni iltimos qilaman.
I.B.Xamdamov, «PLATINUM METAL INDUSTRY» MCHJ direktori
Murojaatga javob: Hurmatli «PLATINUM METAL INDUSTRY» MCHJ direktori I.B. Xamdamov, Sizning murojaatingiz qayd etilib, ijro uchun tegishli boshqarmalarga yo‘naltirildi.
Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha
QO‘SHIMCHA MAʼLUMOT:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyundagi “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-sonli qarorining 2-bob, 2-paragrafida Magistral elektr tarmoqlariga ulanmoqchi bo‘lgan foydalanuvchi yuridik shaxslar Uzatish tizimiga ulanish uchun talabnoma kiritishi ko‘rsatib o‘tilgan.
⚡️ Mazkur talabnomaning namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: Rasmiy veb saytga havola https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/7480
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyundagi 338 son qaroriga asosan “Uzatish tizimiga ulanish” uchun talabnoma NAMUNASI: Rasmiy veb saytga havola https://arxiv.uzbekistonmet.uz/uploads/dc2bfc05-0967-9b0e-5b00-5ff42134ac2e_media_.pdf
Tarmoqqa ulanish: Rasmiy veb saytga havola https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8410
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati