
Murojaat egasi: Yusupov Turdialijon Tursunmuradovich
Elektron pochta: turdializhon.yusupov@mail.ru
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Energetika vazirligida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida, tegishli jamiyatlar mutaxassis-vakillaridan tuzilgan shtabga yuborilganman.
Mavsum yakunida, Energetika vaziri, Shtabning samarali ish yuritganligi sababli jamiyatlar rahbarlariga shtab aʼzolarini nomma-nom ko‘rsatib, olayotgan oylik maoshini ikki barobar miqdorida taqdirlanishi va bajarilgani haqida Energetika vazirligiga maʼlumot yuborish topshirig‘ini bergan. Lekin menga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pul mukofoti «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan berilmagan.
Shu sababli, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pul mukofotini menga nima sababdan berilmagani va O‘zbekiston Energetika vazirligiga qanday javob xati yuborilganligi haqida maʼlumot berishingizni so‘rayman.
Turdialijon Yusupov
Murojaatga javob: Hurmatli Turdialijon Yusupov, Sizning murojaatingiz qayd etilib, ijro uchun tegishli boshqarmalarga yo‘naltirildi.
Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha:
Yusupov Turdialijon
Tursunmuradovichga
turdializhon.yusupov@mail.ru
Elektron murojaat bo‘yicha
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Sizning 2026-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston MET” AJning veb-sayti orqali yuborilgan murojaat-xatingizni o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqdi.
“O‘zbekiston MET” AJ birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi hamda Jamiyat tomonidan imzolangan Jamoa shartnomasiga asosan, 2024-yil 20-martdagi 62-sonli byrug‘iga asosan (Jamiyatining moliyaviy holatini inobatga olib) bir lavozim maoshi miqdorida mukofotlanganligizni hamda Jamiyatning 2024-yil 28-martdagi 01-05-30/1531-sonli xati Energetika vazirligiga maʼlumot taqdim etilganini maʼlum qiladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati