2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Korxona o‘z faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha 20 MVt elektr quvvatiga mos podstansiya qurish uchun ruxsat berishingizni so‘raydi...»
  • 13.10.2025
  • 34

Murojaat egasi: Eshov Sherzod Usmonaliyevich

Elektron pochta: megasteeltradepro@mail.ru

Murojaat mazmuni: 

“O‘zbekiston milliy elektr
tarmoqlari” AJ rahbariga

Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Mega Steel Trade Pro” qo‘shma korxonasi qo‘shimcha investitsiyalar kiritgan holda metall mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.

MCHJ “Mega Steel Trade Pro” QK Sizdan Toshkent viloyati, Ohangaron shahar canoat hududida joylashgan “Ohangaronsement” AJ balansidagi 110/6 kV kuchlanishli “Sementchi” podstansiyasiga keluvchi yuqori kuchlanishli “Adolat” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli “L-A-A-2” elektr uzatish tarmoqlaridan alohida shaxobcha qurish (otpayka yo‘li orqali), elektr tarmog‘iga ulanish hamda korxona faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha 20 MVt elektr quvvatiga mos podstansiya qurish uchun ruxsat berishingizni so‘raymiz.


Direktor Sh.Eshov 

Murojaatga javob: Hurmatli MCHJ “Mega Steel Trade Pro” QK direktori Eshov Sherzod Usmonaliyevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukniga yuborgan murojaatingiz qayd etilib, ijro uchun tegishli boshqarmalarga yo‘naltirildi.

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha:

Murojaatga binoan, “Mega Steel Trade Pro” MCHJ QK investisiyalar kiritgan holda metal maxsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni rejalashtirib, “Toshkent MET” filialiga qarashli 220/110/10 kVli “Adolat” podstansiyasidan chiquvchi 110 kVli “L-A-A-2” elektr uzatish havo tarmog‘idan alohida shaxobcha qurish (otpayka) yo‘li orqali elektr tarmog‘iga ulanish hamda korxona faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha 20 MVt elektr quvvatga mos podstansiya qurish yuzasidan so‘ragan murojaati ko‘rib chiqildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-son qarorining III-bo‘limi talablariga muvofiq Toshkent viloyati, Ohangaron shahar sanoat hududida joylashgan “Mega Steel Trade Pro” MCHJ QKga tegishli obyektni ishonchliligi bo‘yicha elektr ta’minoti toifasi – II toifa, 20 MVt quvvatni ulash yuzasidan ixtisoslashgan loyiha tashkiloti tomonidan ulanish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilishi lozimligi ma’lum qilinadi.

Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga asosan:

·  tarmoqqa ulanish tadqiqoti ixtisoslashgan loyiha tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi;

· tadqiqot so‘ralayotgan ulanishni tarmoqning ishonchliligiga ta’sirini, tarmoqqa ulanish uchun texnik yechimlar tahlili, tarmoqqa ulanish nuqtasi infratuzilmasining texnik xarakteristikalari, Foydalanuvchiga qo‘yiladigan texnik talablar;

·  Foydalanuvchiga qo‘yiladigan ekspluatatsiya talablari, tarmoqqa ulanish infratuzilmasini qurilishi xarajatlarini baholash va boshqalarni o‘z ichiga olishi;

· tarmoqqa ulanish tadqiqotini amalga oshiruvchi tarmoq loyiha kompaniyasi barcha zaruriy tahlillarni (elektr energiyasi oqimlari, xavfsizlik, reaktiv quvvatni boshqarish, qisqa tutashuv toklari, statik va dinamik turg‘unlik, elektr energiyasi sifati) o‘tkazishi;

·  tarmoqqa ulanish tadqiqotida ulanish bo‘yicha taklif etilgan variantlar tasdiqlangan Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi bilan uyg‘unlashtirilishi;

·  loyiha tashkiloti ishlab chiqilgan texnik yechimlarni Uzatish tizimi operatori va Tizim operatoriga kelishish uchun kiritishi;

·  podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari va (yoki) transformatorlarning yuklanish darajasi maksimal qiymatiga yetgan bo‘lsa, foydalanuvchi o‘z hisobidan transformator yoki elektr uzatish tarmoqlarini o‘zgartirish taklifini berishi mumkinligi belgilangani eslatib o‘tiladi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati