2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
RASMIY MUNOSABAT: Muhofaza maydonidan foydalanish tartibi haqidagi tushuntirishlar yer maydoniga bo‘lgan huquqini belgilash kuchiga ega emas
  • 05.02.2026
  • 85

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i muhofaza maydoni bilan bog‘liq masalalarga rasmiy izohi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY fuqarolari nomidan yozilgan pm.gov.uz sayti orqali yo‘llagan bir nechna mazmunan bir-birini takrorlovchi murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 19-dekabrdagi 01-02-18/5209-sonli xati fuqarolardan tushgan murojaatga javoban, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etgan holda shakllantirilib yuborilgan.

Mazkur xatda, shuningdek, 2025–2026-yillarda murojaatlarga javoban yuborilgan xatlarda ham, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari” hamda amaldagi “Elektr qurilmalining tuzilishi qoidalari”ga muvofiq mavjud tarmoqlar muhofaza maydonidagi yerdan foydalanish tartibi bo‘yicha talablardan ko‘chirmalar keltirilgan bo‘lib, xat mazmunida berilgan tushuntirishlar yerga (yer maydoniga) bo‘lgan huquqini belgilash kuchiga ega emas.

Shu bilan birga, javob xatlarida keltirilgan talab va tartiblar asoslovchi qoidalarning amal qilish muddatlarida o‘z kuchini yo‘qotmaydi.

Yuqorida keltirilgan qoidalar talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga bir xil tatbiq etiladi.

Elektr uzatish havo tarmog‘i muhofaza maydonining tayanch uchun doimiy foydalanishga ajratilgan yerdan tashqari hudud «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati egaligiga kirmaydi. Biroq, muhofaza maydonidagi yerdan foydalanishda, amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda nazorat yuritadi hamda qoida buzilishi holatlari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rishi mumkin.

Boshqacha aytganda, elektr uzatish havo tarmoqlari uchun doimiy foydalanishga ajratilgan yer deb faqat tayanchlar tagidagi tarkibiy qismdan tashqi tomonga sug‘orilmaydigan va ishlov berilmaydigan yerlar uchun 1 metr, sug‘oriladigan yerlarda 1,5 metr masofadagi maydon hisoblanadi. Ko‘rilayotgan hududda tarmoq muhofaza maydonidagi qolgan yerlar shu tarmoqqa egalik qiluvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mulki yoki doimiy foydalanish uchun ajratilgan yeri deb hisoblanmaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mavjud yerlarni, shu jumladan, elektr xo‘jaligi obyektlarining muhofaza maydonidagi o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerlarni biror bir jismoniy yoki yuridik shaxsga biriktirish vakolatiga ega emas. Shuningdek, yerdan foydalanishni belgilovchi tashkilot ishining nazoratini yuritish huquqiga ega emas.

Biroq, muhofaza maydonidagi yerdan foydalanishda, yuqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda nazorat yuritadi hamda qoida buzilishi holatlari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rishi mumkin.

2025-yil oxiri va 2026-yilning boshida Aksiyadorlik jamiyatiga Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i bilan bog‘liq barcha murojaat va so‘rovlarga tegishli tartibda javob berilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq sahifalarida, xususan «Xalq so‘zi» gazetasi tahririyatining “Xalq so‘zi Online” YouTube platformasida e’lon qilingan: “Daraxt ekkanimiz uchun tergovga chaqirildik” (“ODAMLARNI QO‘RQITMASIN”) https://www.youtube.com/watch?v=NDj6bcLlgCE hamda Xalqqa ultimatum: daraxtlar kesiladi yoki... (“QURILISHMI YOKI QIRILISH”) https://www.youtube.com/watch?v=qvY4z9vM1KA nomli jurnalistik surishtiruv yuzasidan rasmiy ijoh berilgan.

Telegram messenjerida: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/48772

Veb-sayt sahifalarida: https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8072

Bundan tashqari, “MODEREN GREEN SERVISE” MChJ direktori Sodiqzoda Muhammadjon Maribjon o‘g‘li, мурожаатчи N.Mamataxunov, N.Xikmatov, B.Rasulov va boshqalarga tegishli tartibda javob berib, tushuntirish berilgan.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy veb-saytning «Kelib tushgan murojaatlar» sahifalarida eʼlon qilingan, «Murojaatlar statistikasi» hisobotlarida tegishli tartibda qayd etilgan.

https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2584

https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!

‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram:  https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

‖ VIDEODARS VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI:

https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi

‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz    

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

☎ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545

«Onlayn rezyume»: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati