2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatçi: «110/35/10 kV kuçlanişli «Zomin» podstansiyasi 10 kV taqsimlaş qurilmasiga qöşimça bölma orqali ulaniş rejalaştirilgan...»
  • 22.10.2026
  • 11

Murojaat egasi: Isayev Akbar Ilhomjanoviç, «ŞAHARSOZLIK DIZAYNI» MÇJ loyiha taşkiloti vakili

 

Elektron poçta: islomzarifov2907@gmail.com

  

Murojaat mazmuni: «ŞAHARSOZLIK DIZAYNI» MÇJ loyiha taşkiloti sizga şuni yozib maʼlum qiladiki, Jizzax viloyati Zomin tumanida joylaşgan «Jizzax suv taʼminoti» AJ Zomin tuman filialiga qaraşli Zomin suv tozalaş inşootining asosiy elektr taʼminoti Zomin tumani hududida joylaşgan 35/10 kV «Ozodlik» podstansiyasidan çiquvçi 10 kV «Zomin-1» fideri orqali taʼminlangan.

 

Hozirda Zomin suv tozalaş inşootining zaxira elektr taʼminoti uçun 110/35/10 kV kuçlanişli «Zomin» podstansiyasi 10 kV taqsimlaş qurilmasiga qöşimça bölma orqali ulaniş rejalaştirilgan. Şu sababli Sizdan, yangi zaxira elektr tarmoq quriş uçun texnik şart berişda amaliy yordam berişingizni söraymiz.

 

Murojaatga javob: Hurmatli Akbar Ilhomjanoviç, «ŞAHARSOZLIK DIZAYNI» MÇJ loyiha taşkiloti vakili, Sizning murojaatingiz qayd etilib, ijro uçun tegişli boşqarmalarga yönaltirildi

 

Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylaşgan "Jizzax suv taʼminoti" AJ Zomin tuman filialiga qaraşli elektr taʼminoti işonçliligi böyiça III toifa, quvati 1000 kVt bölgan hozirgi kunda "Jizzax MET" filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuçlanişli «Ozodlik» podstansiyasidan çiquvçi 10 kVli «Zomin-1» fideri orqali taʼminlangan Zomin suv tozalaş inşootini qöşimça zaxira elektr taʼminoti uçun 110/35/10 kVli «Zomin» podstansiyasining 10 kV taqsimlaş qurilmasiga ulaş uçun texnik şartlarni taqdim qiliş yuzasidan murojaat körib çiqilib, quyidagilar maʼlum qilinadi:

 

"ŞAHARSOZLIK DIZAYNI" MÇJning 2026 yil 25 sentyabrdagi 20-sonli xatiga asosan 2026 yil 9 oktyabrda 01-02-20/9001-son xat bilan texnik şartlar taqdim qilingan. Mazkur texnik şartlarning birinçi xatboşida isteʼmolçining yuqoridagi xatiga asosan: "Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylaşgan "Jizzax suv taʼminoti" AJ Zomin tuman filialiga qaraşli elektr taʼminoti işonçliligi böyiça III toifa, quvati 1000 kVt bölgan Zomin suv tozalaş inşooti hozirgi kunda "Jizzax MET" filiali tasarrufidagi 110/35/10 kVli «Zomin» podstansiyasidan çiquvçi 10 kV «Quyonoqli» fideri orqali taʼminlanadi", deb yozilgan.

 

Biroq, isteʼmolçi tomonidan notöğri maʼlumotlar taqdim qilinganligi sababli 2026 yil 9 oktyabrda 01-02-20/9001-son xat bilan taqdim qilingan texnik şartlarning birinçi xatboşisiga quyidagiça özgartiriş kiritiş talab etiladi:

 

Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylaşgan...

 

Batafsil rasmiy xat tarkibida taqdim etilgan.

 

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati