
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35/10 kV kuchlanishli "U. Bobomurodov" podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi.

⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI: 1️⃣ Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Energetika tizimini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish mamlakat elektr energetikasi tarmog‘ini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Elektr energiyasi iste’mol hajmi sezilarli oshadigan kuz-qish mavsumi davomida energetiklar xonadonlarimizda chiroq o‘chmasligi uchun tun-u kun xizmatda.

⚡️ BOʻSH ISH OʻRNI: ▶️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandis o‘rinbosari lavozimi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i muhofaza maydoni bilan bog‘liq masalalarga rasmiy izohi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 2025-yilda bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot maʼlumotnomasi.

Namangan viloyatining Pop tumanida energiya taqchilligini oldini olish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov “Energy China Namangan obi-xayot battery energy storage system” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Bugun, 4-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) delegatsiyasi, Yevrosiyo mintaqasi energetika bo‘yicha direktori Sule Kilic boshchiligida qabul qilindi.

"Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiali podstansiyalar xizmati Nurota tumani texnik muhandis xodimlari tomonidan 110 kV kuchlanishli “O’zbekiston" podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasi (OTQ)da 10 kV kuchlanishli TSN-1 hamda TSN-2 transformatorida o‘tkazilgan texnik tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlarida 24/7 rejimida ish tashkil etilgan bo‘lib...

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi, Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan 110/35/6 kVli kuchlanishli "Oʻrta Chirchiq", 110/35/10 kVli kuchlanishli "UPTF" hamda 35/6 kuchlanishli "Qorasuv" podstansiyalarda teplovizor koʻrigidan oʻtkazish ishlari amalga oshirildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 2025-yilda bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot maʼlumotnomasi.

Ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2025-yil uchun tasdiqlangan Jamoa shartnomasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasini tasdiqlashga oid muhokamalar videokonferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

❗️ Ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar hamda tadbirkorlar diqqatiga!

Bugun soat 07:42 da Toshkent shahrida joylashgan “Botanika” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Astronomik elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.

2025-yilda 45 381 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 209 mlrd 201 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilgi faoliyati yuzasidan eʼlon qilgan «YIL SARHISOBI» rukni ostida OAV hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilgan hisobot-maʼlumotnomalar davom etayotganini maʼlum qiladi.

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida kunduzgi profilaktika ishlari faoliyati davom ettirilmoqda. Misol uchun, Boysun tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Olmazor" podstansiyasi nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Ko‘rik davomida aniqlangan nuqson va kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari Podstansiyalar xizmati Chortoq ustachilik bo‘lagi mutaxassislari tomonidan Chortoq tumanida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “Qorabog‘-2” podstansiyasida reja asosida muhim profilaktika va sinov ishlari amalga oshirildi.