2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-yil SARHISOBI: Filialda tasdiqlangan rejaga asosan joriy va mukammal taʼmirlash ishlari to‘liq bajarildi (12-sonli)
  • 04.02.2026
  • 87

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 2025-yilda bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot maʼlumotnomasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabrdagi PQ-3284-sonli ««Magistral tarmoqlari podstansiyalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish» investitsiya loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan:

· 220/110/10 kV kuchlanishli “Sokin” podstansiyasida 2025-yil davomida jami 14 komplekt 220 kV kuchlanishli va 27 komplekt 110 kV kuchlanishli ajratgichlar yangisiga almashtirildi;

· 220/110/10 kV kuchlanishli “O‘zgarish” podstansiyasida 2025-yil davomida jami 13 komplekt 220 kV kuchlanishli va 39 komplekt 110 kV kuchlanishli ajratgichlar, 2 dona o‘z ehtiyoji transformatorlari, 6 dona OPN-110 kV va 6 dona OPN-10 kV, 1 dona 220 kV kuchlanishli va 1 dona 110 kV kuchlanishli transformatorlari hamda 1 dona (4 ta yacheykadan iborat) KRUN-10 kV elektr qurilmalari yangisiga almashtirildi;

· 220/110/10 kV “Farg‘ona” podstansiyasida 2025-yil davomida jami 3 komplekt 220 kV kuchlanishli va 11 komplekt 110 kV kuchlanishli ajratgichlar hamda 2 dona o‘z ehtiyoji transformatorlari yangisiga almashtirildi;

· 2025-yil mukammal taʼmirlash rejasiga asosan 110 kV kuchlanishli “2A” podstansiyasidagi 2 ta 35 kV kuchlanishli MKP-35 rusumli moyli o‘chirgichlar (L-Do‘stlik, L-Avval) va 500 kV “O‘zbekiston” podstansiyasida TM-630/10 rusumli TSN-3 o‘z ehtiyoji transformatori mukammal taʼmirlandi.

Bu bilan 2025-yil mukammal taʼmirlash rejasi to‘liq bajarildi.

Joriy taʼmirlash rejasiga asosan 16 dona kuch transformatorlari, 125 ta o‘chirgichlar jumladan: 7 dona 500 kV kuchlanishli, 33 dona 220 kV kuchlanishli 76 dona 110 kV kuchlanishli, 9 dona 35 kV kuchlanishli o‘chirgichlar joriy taʼmirlandi. 2025-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosan joriy taʼmirlash ishlari to‘liq bajarildi.

«Farg‘ona MET» filiali tasarrufida umumiy uzunligi 591.86 km bo‘lgan 14 ta 110–500 kV elektr uzatish havo tarmoqlari mavjud. Shundan, 500 kV – 308,592 km; 220 kV – 220,92 km; 110 kV – 62,34 km.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi «Farg‘ona viloyati Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» 756-sonli qarori Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarining arxetektura qiyofasini yangilash, zamonaviy ko‘p kvartirali uy-joy majmualarini barpo etish orqali aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida «Yangi O‘zbekiston» massivini qurish ko‘rsatib o‘tilgan. Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan «Yangi O‘zbekiston» massivi hududidan «Farg‘ona MET» filiali tasarrufidagi 220 kV “L-P-F” elektr uzatish havo tarmog‘ini (32–38-tayanchlar oralig‘i) ko‘chirish loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu loyihaga asosan qurilish ishlari “Magistraltarmoqqurilish” korxonasi tomonidan bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2023-yil 9-noyabrdagi PQ–363-sonli qaroriga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «Farg‘ona MET» filiali tasarrufidagi 110 kV “L-7-F-1” va “L-7-F-2” elektr uzatish havo tarmoqlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha asosida ishlar yakunlanmoqda.

Elektr uzatish havo tarmoqlarida jami 92,61 km qismi mukammal taʼmirlandi. Shundan 74,01 km 500 kV kuchlanishli L-503 havo tarmog‘ining 18,6 km qismi navbatdan tashqari mukammal taʼmirlash jarayonida eski va yaroqsiz xolga kelib qolgan U-shaklidagi AN boltlar va anker plitalar almashtirildi.

· 511,752 km elektr uzatish havo tarmoqlari joriy taʼmirlandi;

· 392 dona izolyatorlar almashtirildi, bundan mukammal taʼmir mobaynida 199 dona va joriy taʼmir mobaynida 193 dona almashtirildi;

· L-503 elektr uzatish tarmog‘ining o‘ta chang hududida joylashgan (Sho‘rsuv iqtisodiy zonasi (sement zavodlar hududi) 4 ta tayanch ustunlari (56-57-58-59) izolyatorlar yuvish ishlari bajarildi;

· 2025 yil davomida elektr uzatish tarmoqlari 4 marta muhandis-texnik xodimlar va 6 marta elektr montyorlar tomonidan to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi;

· 79,38 km qismi daraxt, shox-shabbalardan tozalandi;

· 23 dona qushlar qo‘nishiga qarshi moslama (PPZ) lar o‘rnatildi.

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan ratsianalizatorlik taklifi ishlab chiqilgan bo‘lib, 110 dona aylanib turuvchi qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar (PPZ) Filial xodimlari tomonidan yasaldi.

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlar tomonidan «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi topshirig‘iga asosan, «O‘zbekiston MET» AJ filiallari podstansiyalari uchun 400 dona qulf yasalib, Aksiyadorlik jamiyati filiallari tarkibidagi podstansiyalariga tarqatildi. Hozirgi kunda qulf yasash ishlari davom etmoqda.

2025-yil texnologik sarf rejasi 225 661 000 kVt∙soat yoki 2,06 % bo‘lib, amalda 216 895 913 kVt∙soat yoki 1,97% ga bajarildi. 8 765 087 kVt∙soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.

Podstansiyalarning o‘z ehtiyoji uchun 2025-yil rejasi 3 395 648 kVt∙soat bo‘lib, amalda 1 864 804 kVt∙soat elektr energiyasi istemol qilindan 1 530 844 kVt∙soat elektr energiya iqtisod qilishga erishildi.

Xo‘jalik ehtiyoji uchun 2025-yil rejasi 628 264 kVt∙soat bo‘lib, amalda 576 519 kVt∙soat elektr energiyasi istemol qilindan 51 745 kVt∙soat elektr energiya iqtisod qilishga erishildi.

(OTM) Tasarrufimizdagi podstansiyalarda elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy texnik tadbirlar hamda modernizatsiya ishlarini amalga oshirish hisobidan 2025-yil rejasi 1 225 693 kVt∙soat bo‘lib, amalda 1 530844 kVt∙soat elektr energiyasi tejamkorligiga erishildi va bu 124 % tashkil etdi.

2025-yilda avtogaraj hududiga 100 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi va ishga tushirildi.

2025-yilda maʼmuriy bino va avtogarajga o‘rnatilgan jami 140 kVt li quyosh panellari orqali 134 839 kVt∙soat elektr energiya ishlab chiqarildi.

«Farg‘ona MET» filiali tasarrufida jami 43 dona avtotransport vositalari mavjud, shulardan: yengil transport vositasi – 14 dona, avtobus – 3 dona, yuk bortli – 4 dona, avtotsisterna – 3 dona, brigada uchun yuk ko‘tarish mexanizmi – 4 dona, laboratoriya – 3 dona, avtokran – 2 dona, TV – 1 dona, avtomatik yuk ko‘tarish moslamasi – 2 dona, ekskovator – 1 dona, traktor – 3 dona, pritsep – 3 dona. Shulardan 10 donasi benzin, 10 donasi dizel, 10 donasi metan, 10 donasi propan yoqilg‘ilarida harakatlanadi.

2025-yilda jami 21 dona transport vositasi taʼmirlandi, mavjud transport vositalariga 16 dona akkumulyator, 28 dona avtoshina o‘rnatildi, 634 litr dvigatel moylari quyildi.

2025-yilda 1 dona BYD song plus dmi (GIBRID) yengil transport vositasi xarid qilindi.

2025-yil davomida «Farg‘ona MET» filiali xodimlarini sayohat va ekoturizmni tashkil etish bo‘yicha Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani Avval qishlog‘i va Namangan viloyati “Chodak” dam olish maskanlariga 120 nafar xodimlar olib borilib madaniy xordiq chiqarildi.

Rasmiy bayram sanalari munosabati bilan nafaqadagi 24 nafar xodimlar holidan xabar olindi. Mustaqillik bayrami munosabati bilan 44 ta xodimga maktab o‘quv-qurollari xarid qilinib tarqatildi.

Filialda sport musobaqalari o‘yinlari 2025-yil 4-oktabr kuni sportning futbol, voleybol, stol tennisi va arqon tortish turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Sport musobaqasida jami 140 ta xodim qatnashdi, turli sovrin va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

«Energetiklar kuni» kasb bayrami munosabati bilan 2025-yil 22-dekabr kuni filialda yil sarhisobi bayram tadbiri tashkil etildi. Bayramda samarali mehnat qilgan xodimlarga «O‘zbekiston MET» AJ va «Farg‘ona MET» filialining «Energetika faxriysi» unvonlari, faxriy yorliqlari va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. Bayram tadbirida 180 ishchi-xodim qatnashdi.

2025-yil 30-dekabr kuni filial xodimlarining 220 nafar farzandlari uchun yangi yil archa bayrami tashkil etildi.

2025-2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida avariyani zaxirasi uchun filial omborxonalari va podstansiyalarida 35-110-220 kV kuchlanishli — 4 ta o‘chirgich, 125 MVA li 2 ta avtotransformator, transformator moyi — 21 tonna, 110-220 kV kuchlanishli havo elektr tarmog‘i uchun — 4 ta tayanch, izolyatorlar — 120 ta, ASO-300 va ASO-500 rusumli — 4 tonna sim, chaqmoqqa qarshi tross — 1,5 tonna, sim uchun ulovchi qurilmalar — 70 dona, dizel yoqilg‘isi — 800 litr, benzin yoqilg‘isi — 400 litr, elektr qurilmalar va materiallar saqlanmoqda.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida filial tasarrufidagi podstansiyalarida 2025-yil davomida jami 1 660 (bir ming olti yuz oltmish) dona daraxt qalamchalari ekildi. Jumladan: terak 1460 dona, uzum 100 dona va anor 100 qalamchalar ekildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Farg‘ona viloyati isteʼmolchilarining ishonchli elektr energiya taʼminoti uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

Sherzod Kamilov, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati