

Ma’lumki, Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-mart sanasigacha o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi lozim.

Bugun, 2026-yil 24-fevral kuni Aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi A.A.Nazirov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/6 kV kuchlanishli “Eshonguzar” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati Norin–Uchqo‘rg‘on ustachilik bo‘lagi mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Haqulobod” podstansiyasida keng ko‘lamli profilaktik ta’mirlash va sinov ishlari amalga oshirildi.

Yuqori kuchlanishli energetika obyektlaridagi kabel kanallarining ustki qismi muzlama hosil bo‘lmasligi uchun qordan tozalanib, uskunalarning xavfsiz va barqaror ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Tanqidiy tahlil ruhida oʻtgan yigʻilishda qayd etilganidek, mamlakatimizda elektr energiyasi boʻyicha jami generatsiya quvvatlari 25,8 ming megavattga yetdi. Shundan quyosh, shamol va gidroenergetika 8 ming megavattni, yaʼni umumiy hajmning 31 foizini tashkil etmoqda.

Bugun, 2026-yil 24-fevral kuni Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Bugun “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari yigʻilganlarni samimiy qutlab, yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini taʼkidladi. Barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni til va kasb-hunarga oʻrgatish, sportga jalb etish, gʻoya, loyiha hamda startaplariga koʻmak berish, ularni ishli va daromadli qilish boʻyicha yanada faol ishlashi, birorta yigit-qizni eʼtiborsiz qoldirmasligi zarurligi qayd etildi.

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasida profilaktika ishlari bajarildi. Mazkur tadbirlar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, uskunalarning sifatli va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.


Muhtaram Donald Tramp Janobi Oliylari! Hurmatli sammit ishtirokchilari! Avvalambor, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Janobi Oliylariga Tinchlik Kengashining inauguratsiya majlisini chaqirgani uchun chin dildan minnatdorchilik izhor etaman.

Barcha davlat idora va tashkilotlarida, shu jumladan energetika tizimi tashkilotlarida ham OAV hamda jamoatchilik bilan aloqalarda ochiqlik prinsipiga amal qilishi hamda axborot xavfsizligi yo‘nalishida yetarli bilim-malakaga ega bo‘lishi muhim sanaladi.

"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan mazkur energetika obyektining TS-6-1 hamda V–TS-6-1 qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, uskunalarda sinov ishlari bajarilib, transformator korpusiga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari olib borilmoqda.

"Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiali Podstansiyalar xizmatining Xatirchi tumani texnik muhandis xodimlari tomonidan 35 kV kuchlanishli “Shovot " podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasida 35 kv kuchlanishli transformatorida texnik-profilaktik tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

"Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiali Podstansiyalar xizmati Nurota tumani texnik muhandis xodimlari tomonidan 110 kV kuchlanishli “O’zbekiston" podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasining 110 kV kuchlanishli kuchlanish transformatorida texnik-profilaktik tadbirlarni amalga oshirishdi.

"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan mazkur energetika obyektining V-119 va V-465 fiderlarida profilaktik ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, releli himoya qurilmalari tekshirildi va sinovdan o‘tkazildi.