
Ma’lumki, Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-mart sanasigacha o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi lozim.
Axborot xizmati «HISOBOTLAR» rukni orqali OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etgan hisobot-ma’lumotnomalar yakunlanganini ma’lum qiladi.
Shu bois, ertaga, 2026-yil 26-fevral kuni soat 10:30 da «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobotlari keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
☎️ +998 (71) 236-6035
+998 (55) 500-5545
⚡️ Mas’ul: Matbuot kotibi — U. P. Urunov @uzbekistonmet_uz
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati