

⚡️ Elektr energiyasi iste’mol hajmi sezilarli oshadigan kuz-qish mavsumi davomida energetiklar xonadonlarimizda chiroq o‘chmasligi uchun tun-u kun xizmatda.
✅ Buxoro, Andijon, Xorazm va Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari ana shunday fidoyi xodimlarni kunduzgi, tonggi va tungi ko‘riklarda, uzoq masofali nazorat tadbirlarida ham yolg‘iz qoldirishmaydi.
Kasaba uyushmasi xodimlari ob-havo va mehnat sharoiti nisbatan murakkab bo‘lgan kunlarda elektr uzatish tarmoqlari, podstansiya va ta’mirlash ustaxonalari hamda dispetcherlik piultlarida ishlayotgan xodimlarda issiq taom hamda kofe ulashdilar. Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi kichik e’tibor ishchi-xodimlarimizga kuch-quvvat va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.
⇒ Mehnatingiz uchun rahmat, aziz energetiklar!
✍️ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati