Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
2025-yil 21-yanvar kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli 220/10 kV kuchlanishli «Qiziltepa-1” podstansiyasida bir nafar taʼmirlovchi xodim (elektr chilangar) bilan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.
2025-yil 20-yanvardan 21-yanvar sanasiga o‘tar kechasi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali mtaxassislari yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida 500 kV kuchlanishli L-503 liniyasining 30-sonli tayanchidagi AN bolt va temir-beton plitalarini almashtirish ishlarini olib borishdi.
Bugun ommaviy axborot vositalarida Boysun tumanidagi “M-25” koni hududida yuzaga kelgan vaziyat haqida xabar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida quyidagilarga amal qilishga ogohlantiradi.
Rossiyaning yetakchi nashrlaridan biri – "Независимая газета"da siyosiy sharhlovchi Viktoriya Panfilovaning "Toshkent va Abu-Dabi munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqda" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-yanvar kuni investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari"AJ boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mahfuza Suvanova maʼlum qildi.
Diqqat, e’lon! Joriy etilgan yangi tartibga muvofiq majburiy energiya auditidan o‘tkaziladigan yirik iste’molchilar ro‘yxati
16-yanvar, payshanba kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida o‘tayotgan “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq so‘zladi.
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston yetakchilari yashil energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasini ishga tushirdilar. COP29 sammiti doirasida ekologik toza kelajak sari muhim qadam bo‘ladigan strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
#Bilasizmi ✳️ Banklar tomonidan “yashil” isteʼmol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
#Diqqat_loyiha ❗️Farmon loyihasining “Yashil” iqtisodiyot yo‘nalishida: ✅ umumiy quvvati 3,5 GVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini foydalanishga topshirish orqali ularning jami elektr energiyasi isteʼmolidagi ulushi 26 foizga yetkaziladi;
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Energiya auditi energiya auditi xizmatlarini ko‘rsatuvchi va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan o‘tkaziladi.
Quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 1000 so‘mdan sotib olinadi
2024-yili iste’molchilarga 2016-yildagiga nisbatan 21,8 mlrd kVt⋅soat yoki 48 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.
2024-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016-yildagiga nisbatan 22,5 mlrd kVt⋅soat yoki 38 foiz ko‘pni tashkil etdi.