2025-yil 20-yanvardan 21-yanvar sanasiga o‘tar kechasi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali mtaxassislari yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida 500 kV kuchlanishli L-503 liniyasining 30-sonli tayanchidagi AN bolt va temir-beton plitalarini almashtirish ishlarini olib borishdi.
⚡️ Tungi ishlar yangi texnologiya asosida, xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq rioya etgan holda, tarmoqni o‘chirmasdan olib borildi va muvaffaqiyatli yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, 500 kV kuchlanishli L-503 liniyasi Farg‘ona vodiysini elektr energetika obyektlarini «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi» AJ generatsiya bloklari hamda 500 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasi bilan bog‘lovchi elektr uzatish tarmog‘i hisoblanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati