❗️Farmon loyihasining “Yashil” iqtisodiyot yo‘nalishida:
✅ umumiy quvvati 3,5 GVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini foydalanishga topshirish orqali ularning jami elektr energiyasi isteʼmolidagi ulushi 26 foizga yetkaziladi;
✳️ chiqindilar utilizatsiyasi, shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etiladi;
♦ yirik korxonalarda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillari asosida korporativ dasturlar ishlab chiqilib, 6 tasida ESG hisoboti yo‘lga qo‘yiladi (“Navoiyuran”, “O‘zbekneftgaz”, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Uzairports”, “Uzairways”);
♦ Yevropa Ittifoqining ishtirokida Buxoro, Namangan, Nukus, Urganch va G‘uzorda kam uglerodli rivojlanish rejalari ishlab chiqilib, 10 ta ijtimoiy obyektlarning energiya samaradorligi oshiriladi;
♦ irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 390 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi;
♦ 1,8 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 77 ta ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish va taʼmirlash taʼminlanadi;
♦ paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirishdan bo‘shagan kamida 100 ming gektar yer maydonlari dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun 200 ming nafar aholiga ijaraga beriladi;
⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting:
https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz
Kanalga ulanish ⇒ https://t.me/huquqiyaxborot
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati