
Bugun soat 15:18 da “DNS-2” podstansiyasidan chiquvchi L-110 DNS-3-1 elektr uzatish tarmog‘i 40 MVt quvvat bilan (himoya tizimi ishlashi oqibatida) avariyaviy o‘chdi.

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha profilaktika va nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu nazorat tadbirlarida aniqlangan qoidabuzarlik holatlariga nisbatan chora ko‘rilmoqda.

Bugun soat 03:58 da “Chimyon” podstansiyasidagi T-2 transformatori himoya tizimi ishlashi oqibatida o‘chgan edi.

Xovos tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-G‘alaba-1 elektr uzatish havo tarmog‘ida profilaktik ishlar amalga oshirildi.

"Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 500/220/10 kV kuchlanishli "Qorako'l" podstansiyasidagi barcha elektr qurilmalar va ularning ulamalari navbatchi xodimlar tomonidan teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi.

Xovos tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Paxtakor” podstansiyasining 10 kV kuchlanishli “Turkiston” fiderida texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislar tomonidan Qamchiq davonidagi o’tuvchi 220 kV kuchlanishli L-Obihayot hamda 500 kV kuchlanishli L-524 elektr uzatish tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Bugun soat 06:00 da 110 kV kuchlanishli L-Dashtobod elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida o‘chdi.

“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi tomonidan 110/10/6 kV kuchlanishli "Sohil"podstansiyasida tungi ko‘rik ishlari amalga oshirildi.

Bugun, soat 14:35 da Toshkent shahridagi Astronomicheskaya-2 nomli elektr uzatish kabel tarmog‘i aniqlangan nuqsonni bartaraf etish uchun taʼmirga chiqarilgan edi. Natijada Mirzo Ulug‘bek tumanining Oqqo‘rg‘on, Kattadarxon va Yunusobod tumanining Bodomzor mahallarining ayrim isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Rejalashtirilgan profilaktik ishlari haqida ma’lumot 2026-yil 13-yanvar kuni:

" Samarqand magistarl elektr tarmoqlari" filiali Qo‘shrabot podstansiyalari guruhi mutaxassislari tomonidan 110/35/6 kV kuchlanishli “Zarmitan” podstansiyasining V–Geologiya–2 chiqish taqsimlovchi tarmog‘ida profilaktika ishlari olib borildi.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Boʻka-1” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlarida 24/7 rejimida ish tashkil etilgan bo‘lib...

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati muhandisi Sh. Hamraqulov va navbatchi mutaxassislar tomonidan Qamchiq davonidagi 35/6 kV kuchlanishli “Qamchiq” podstansiyasida kunduzgi nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati muhandisi Sh. Hamraqulov va navbatchi mutaxassislar tomonidan Qamchiq davonidagi 35/6 kV kuchlanishli “Rezak” podstansiyasida nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bugun, soat 16:35 da Surxondaryo viloyatidagi 35/10 kV kuchlanishli “Xazarbog‘-2” hamda 35/10 kV kuchlanishli “Oybarak" podstansiyalaridagi qurilmalarda aniqlangan kichik nosozliklarni bartaraf qilish zaruriyati tug‘ilgani sabab ayni paytda taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli "Qo‘ng‘irot" va 110/10 kV kuchlanishli "Anna" podstansiyalarida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/6 kV kuchlanishli “Turkiston” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.

Bugun soat 07;15 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 110/35/10 kuchlanishli "Qo‘ng‘irod" podstansiyasidan chiquvchi L-Tuley-2-110 kV elektr uzatish tarmog‘i (Urgenchtransgaz tasarrufida) 6 MVt quvvat bilan avariyali o‘chgan. Natijada 35 kV kuchlanishli "Jasliq" podstansiyasi kuchlanishsiz qolgan.