2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning “Chanszyan” atom elektr stansiyasiga tashrif buyurdi
  • 25.11.2026
  • 35

⚛️O‘zbekiston Energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Xaynan orolida joylashgan “Chanszyan” atom elektr stansiyasiga tashrif buyurdi.
 
Tashrif doirasida stansiya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, Xitoyning milliy atom energetikasi texnologiyalari, jumladan, “Hualong One” reaktori hamda dunyodagi birinchi tijorat maqsadlariga mo‘ljallangan kichik modulli reaktor (ACP100) loyihasi bilan tanishildi.
 
Shuningdek, delegatsiya a’zolari stansiyaning boshqaruv pultida bo‘ldilar. U yerda energobloklarni boshqarish, texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda yadroviy xavfsizlikni ta’minlash tizimlari namoyish etildi.
 
Uchrashuvda atom energetikasi sohasida Xitoyning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish, atom elektr stansiyalarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish, tajriba almashish hamda malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/21846

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati