✳️ Banklar tomonidan “yashil” isteʼmol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.
✔️ BHMning 500 baravarigacha bo‘lgan “yashil” isteʼmol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismi uchun 3 yil kompensatsiya beriladi.
❕Yaʼni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 13,5 foiz, agar kredit foizi 18 foiz bo‘lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Mazkur kompensatsiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o‘zlari yuboradi.
▶️ Manba
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati