Yangiliklar
2025-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 76 mlrd 100 mln kilovatt soat elektr energiyasini uzatish rejalashtirilgan
  • 17.01.2025
  • 24

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari"AJ boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mahfuza Suvanova maʼlum qildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024-yilda belgilab olingan maqsadli ko‘rsatgichlar rejasi to‘liq bajarildi.

Jumladan,

- 2024-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 74 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 100 foizga bajarildi.

- Elektr energiyasi isteʼmolini qisqartirish bo‘yicha 20 mln 700 ming kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 25 mln 900 ming kilovatt soat iqtisod qilindi va reja 117 foizga bajarildi.

- 309 ta transformator, 1741 dona elektr qurilma, 6400 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110-500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari taʼmirlandi hamda 12 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi;

- investitsiya dasturlari doirasida 543 kilometr uzunlikdagi

220-500 kilovoltli elektr uzatish tarmoqlari va 1 627 megavolt-amper quvvatga ega podstansiyalar ishga tushirildi.

- 2024-yilda 763 megavatt quvvatli 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi, 1 500 megavatt quvvatli 3 ta shamol elektr stansiyasi va 300 megavatt soat quvvatli energiya saqlovchi akkumulyator batareyasi tizimlari magistral elektr tarmoqlariga ulandi.

Shuningdek, isteʼmolchilar elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida, 2025 yilda bajarilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan,

- 2025-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 76 mlrd 100 mln kilovatt soat elektr energiyasini uzatish rejalashtirilib, bugungi kungacha 3 mlrd 300 mln kilovatt soat elektr energiyasi uzatilgan;

- elektr energiyasi isteʼmolini qisqartirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirga asosan 9 mln 150 ming kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 382 ming kilovatt soat iqtisod qilindi va yanvar oyi rejasi 101 foizga bajarildi.

- 2025-yilda umumiy qiymati 259 mln 200 ming dollar bo‘lgan

6 ta investitsiya loyihasi doirasida 485 kilometr uzunlikdagi

220-500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va

1 602 megavolt-amper quvvatga ega 1 ta 500 kilovoltli va quvvati

500 megavolt-amper bo‘lgan 1 ta 220 kilovoltli podstansiya ishga tushiriladi.

- 2025-yilda 1350 megavatt quvvatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi, 100 megavatt quvvatli 1 ta shamol elektr stansiyasi va 263 megavatt soat energiya saqlovchi akkumulyator batareyasi tizimlari magistral elektr tarmoqlariga ulanadi.

-  316 ta transformator, 1719 dona elektr qurilma, 6029 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110-500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini taʼmirlash hamda 12 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 21 ta transformator, 52 ta elektr qurilma, 206 kilometrdan ziyod uzunlikdagi havo tarmoqlari taʼmirlandi.

Shu bilan birga,  havo tarmoqlarining 3000 kilometrdan ziyod qismi muhandis-texnik xodimlar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazildi,

110 kilometrdan ziyod qismi daraxt shoxlaridan tozalandi, 150 tadan ziyod eski izolyatorlar yangisiga almashtirildi hamda 975 kilometr qismi teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tog‘li va qir-adirli hududlarda joylashgan borish qiyin bo‘lgan tayanchlarga borish uchun barpo etilgan yo‘laklarni qordan tozalash, daryo o‘zanlarida va tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan tayanchlarni sel-toshqin taʼsiriga tushishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston MET” AJ tomonidan vakolati doirasida elektr energiya taʼminoti ishonchliligini oshirish hamda magistral tarmoqlarda favqulodda holatlar sodir bo‘lganida zudlik bilan bartaraf etish  bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi.

 Hurmatli isteʼmolchilar, eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral tarmoqlar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish, yaʼni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

 

 

Manba: https://telegra.ph/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>