Yangiliklar
Joriy etilgan yangi tartibga muvofiq majburiy energiya auditidan o‘tkaziladigan yirik iste’molchilar ro‘yxati
  • 16.01.2025
  • 30

Diqqat, e’lon!

Joriy etilgan yangi tartibga muvofiq majburiy energiya auditidan o‘tkaziladigan yirik iste’molchilar ro‘yxati

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan yirik iste’molchilar energiya auditidan majburiy o‘tkazish muddatlariga muvofiq energiya auditidan o‘tkazilganligi va chora-tadbirlar rejasini “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.

Taqdim etilgan ro‘yxatga muvofiq majburiy energiya auditini o‘tkazmagan va energiya auditi takliflariga muvofiq chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan yirik iste’molchilarga nisbatan elektr energiyasi va tabiiy gazning amaldagi tarifiga 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanadi (energiya auditi o‘tkazilayotgan davrdan tashqari).

⚡️ Ushbu ro‘yxat bilan batafsil tanishish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun “O‘zenergoinspeksiya” Energiya samaradorlik departamentiga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: 71 208-10-19 (0126)

Telegram bot  – @energoInspeksiya_bot

Manba: https://gov.uz/oz/minenergy/news/view/33048

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>