Sizni va siz orqali oila a'zolaringizni yaqinlashib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan muborakbod etaman!
Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida hisobotlarni eʼlon qilishni davom ettiramiz. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.
“Farg’ona MET” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “O’zbekiston” podstansiyasida 2024~2025-yil kuz-qish mavsumuni betalofat o‘tkazish maqsadida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishni bartaraf qilish, podstansiya xodimlarini doimo tezkor va sergak holda bo‘lishlarini ta'minlash maqsadida Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi.
Maʼlumki, har bir davlat tashkiloti o‘z faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borishi muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, energiya resurslari yetkazib berishga masʼul bo‘lgan tashkilotlar faoliyati ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikka ochiq bo‘lishi — energetika sohasining barqaror rivoji uchun xizmat qilib, energiya resurslari isteʼmolchilarining oldidagi hisobdorlik hi shakllantiradi.
Joriy yilning 24-25 dekabr kunlari “Tojikiston Respublikasi energotizimini Markaziy Osiyo energotizimi bilan parallel ishlashini tiklash” loyihasi doirasida davlatlararo yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Andijon viloyati ⚡️ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali Tarmoqlar xizmati mutaxassislari tomonidan viloyat hududidan o‘tuvchi 220 hamda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, investitsiyani ko‘paytirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar. Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida hisobotlarni eʼlon qilishni davom ettiramiz. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 184-son bayoni hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining “Qamchiq” dovonida favqulodda vaziyatlarda davlat tizimiga (keying o’rinlarda – FVDT) kiruvchi vazirlik va idoralarning boshqaruv organlari hamda kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi qo’mondonlik-shtab o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to’g’risidagi
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillarga chek qo‘yishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat dasturlari misolida ham ko‘rish mumkin. Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli “Magistral elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish” investision loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini amalga oshirish maqsadida “Farg’ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “O‘zgarish”, “Farg‘ona” va “Sokin” podstansiyalarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadal olib borilmoqda.
Mazkur sananing tarixi 1920-yilga borib taqaladi. Aniqrog‘i, bundan rosa bir asr-u to‘rt yil ilgari Sovetlar davlatida «Davlat elektrlashtirish rejasi» qabul qilinganligi munosabati bilan, Ittifoq Oliy Kengashining 1966-yil 23-maydagi farmoniga ko‘ra, 22-dekabr energetiklarning kasb bayrami sifatida nishonlangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyundagi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-778-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Avval xabar berganimizdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida "Energiyasamaradorlik~2024. Zamonaviy texnologiyalar —O‘zbekiston energetika sohasi rivojining asosidir" deb nomlangan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yil 15–16-dekabr kunlari Farg‘ona vodiysida kuchli shamol kuzatilgan edi. Shamoldan so‘ng “Farg‘ona MET” filiali tasarrufidagi 500–220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari to’liq navbatdan tashqari ko‘rikdan o’tkazildi.
Tadbirni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D. A. Isaqulov ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasini rivojlantirish va xalq xo‘jaligini elektrlashtirishdagi ko‘p yillik halol mehnati uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 59 nafar xodimlariga “Energetika faxriysi” unvoni berilishi haqidagi buyruqni o‘qib eshittirdi.
Toshkent viloyati ⚡️500 kV kuchlanishli "Toshkent" podstansiyasi va undan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlari dron qurulmasi orqali navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.
Hurmatli fuqarolar❗️ Tabiiyki, ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.
Qashqadaryo viloyati ⚡️ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Tarmoqlar xizmati mutaxassislari tomonidan viloyat hududidan o‘tuvchi 220 hamda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.