Avval xabar berganimizdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida "Energiyasamaradorlik~2024. Zamonaviy texnologiyalar —O‘zbekiston energetika sohasi rivojining asosidir" deb nomlangan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Universitet rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov konferensiya yakunida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulovga oliy o‘quv yurtida nazariya va amaliyot uyg‘unligini tashkil etishdagi tashabbuslari uchun ilmiy jamoa nomidan «Tashakkurnoma» taqdim etdi.
⚡️ Anjumandan so‘ng Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.Isaqulov talabalar uchun yaratilgan o‘quv poligonida amalga oshirilayotgan yangilanish ishlari bilan tanishdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati