O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyundagi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-778-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 598-sonli Qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Nizom, Hukumatimizning 2022-yil 1-noyabrdagi “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli Qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomga asosan “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali qorovullari faoliyati samaradorligini yana-da oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi M.Yu.Sokolov “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvining rahbariy hujjatlari, “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Xo‘jalik xizmati guruhi qorovullarining xizmat Yo‘riqnomasi talablaridan kelib chiqib, maʼmuriy bino va Filial tasarrufidagi “Feruz”, “Go‘zal”, “Wang-Da” va “Akwa Sirdaryo” podstansiyalari qorovullar faoliyatiga zarur bo‘lgan tavsiyalarni berib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda “Xavfsizlik va maxsus ishlar” guruhi muhandisi X.Davkarov, “Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi” guruhi muhandisi M.N.Nizomova, “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish” guruhi muhandisi I.B.Haydarov, “Go‘zal” podstansiyasi boshlig‘i Z.A.Bektemirov, “Feruz” podstansiyasi ustasi A.G.Rassadin, “Dispetcherlik va texnologik boshqaruv tizimi” xizmati muhandisi K.Djumanov, “Xodimlarni jamlash va tayyorlash” guruhi muhandisi S.N.Berdibekova, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.X.Zairova, “Kapital qurilish” guruhi yetakchi muhandisi N.Ibragimovlar seminar ishtirokchilari ko‘targan masalalar, fikr-mulohazalarga o‘z munosabatlarini bildirib, savollarga atroflicha javob berdilar.
Tadbir davomida “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblari”, “Yong‘in sodir bo‘lganda harakat qilish usullari”, “Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xabar berish tartibi", “Shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish” mazularida videoroliklar, slaydlar namoyish etilib, harbiylashtirilgan qorovullik xizmati faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda yuzasidan qo‘shimcha tushintirishlar berildi.
✍️ “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati