Yangiliklar
Markaziy Osiyo energetiklari Dushanbe shahrida muhim masalani muhokama qilmoqdalar
  • 25.12.2024
  • 44

Joriy yilning 24-25 dekabr kunlari “Tojikiston Respublikasi energotizimini Markaziy Osiyo energotizimi bilan parallel ishlashini tiklash” loyihasi doirasida davlatlararo yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️ Mazkur yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad “Tojikiston Respublikasi energotizimini Markaziy Osiyo energotizimi bilan parallel ishlashini tiklash” loyihasi doirasida avariyaga qarshi avtomatika tizimi qurilmalarining ishlashini o‘zaro muvofiqlashtirishdan iborat. Yig‘ilishda quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:

Davlararo havo elektr uzatish tarmoqlarining avariyaga qarshi avtomatika tizimlarini ishga kiritish va “ACWA Power” – “Sugd” – “Oʻzbekiston” podstansiyalarni bogʻlovchi yangi 500 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurilishi yuzasidan mavjud  masalalar muhokama qilindi.

Ushbu yig‘ilishda “O‘zbeksiton milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, “MDM” duk direktor o‘rinbosari M.R.Lukmanov va tegishli vakillari hamda quyi tashkilot rahbarlari ishtirok etmoqda.

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>