“Farg’ona MET” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “O’zbekiston” podstansiyasida 2024~2025-yil kuz-qish mavsumuni betalofat o‘tkazish maqsadida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishni bartaraf qilish, podstansiya xodimlarini doimo tezkor va sergak holda bo‘lishlarini ta'minlash maqsadida Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
⚡️ Amaliy mashgg‘ulotda tezkor xodimlarning avariyani bartaraf qilishda olib borgan ishlari va harakatlariga mashg‘ulot kuzatuvchilari tomonidan baholar qo‘yildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati