Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar. Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida hisobotlarni eʼlon qilishni davom ettiramiz. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.
Dastavval «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy maʼlumotlar bilan tanishing:
✔ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan;
✔ Axborot xizmatida Jamiyat shtat jadvaliga muvofiq bir nafar mutaxassis (xizmat rahbari) mehnat faoliyatini olib boradi, unga texnik taʼminot bo‘yicha yordamchilar, yaʼni veb-saytga maʼlumotlarni joylashtirish uchun “Energo–IT” filialining ikki nafar xodimi biriktirilgan;
✔ Axborot xizmati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining attestatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risida 001006-sonli guvohnoma (23.12.2022) berilgan. PQ–4366-son qarorga muvofiq matbuot kotibiga maslahatchi maqomi berilgan bo‘lib, transport, tibbiy va ish haqi shartlariga ko‘ra boshqaruv raisi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
✔ «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram Faceboo, Twitter, Instagram, Utube, Odnoklassniki, Youtube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda.
✔ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ishchi guruhi, Monitoring markazi hamda Energetika vazirligi Axborot xizmatida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ maʼlumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, elektr taʼminotidagi nosozliklar, taʼminotdagi uzilishlar, isteʼmolchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilotlar: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta eʼlon qilinmoqda.
✔ O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan yangilanib boriladigan www.president.uz veb-saytidagi maqola va xabarlar Aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qayta repost qilib borilmoqda. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining “Yangiliklar” ruknidagi maqola, eʼlon va maʼlumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.
✔ Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli maʼlumotlar tez-tez qayta eʼlon (repost) qilib turiladi.
✔ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» nomli yangi rukn tashkil etildi. Shuningdek, “Yoshlar siyosati” nomli yangi rukn orqali yoshlar siyosatiga oid maʼlumotlar berib borilmoqda.
✔ Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
✔ Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini taʼminlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
E’tiboringizga 2024-yil davomida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn orqali qayd etilgan va Axborot xizmati tomonidan munosabat bildirilgan ma’lumotnomalarni taqdim etamiz:
Murojaatchi: «Qibray elektr tarmoqlari “bu liniya bizga emas, Milliyga tegishli”, deb javob qildi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5947
Murojaatchi: «Sariosiyo tumani, “Chosh” mahallasini 100 dona simyog‘ochlari bilan taʼminlab berishingizni iltimos va talab qilamiz!»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5885
Murojaatchi: «Bildirilgan eʼtirozga Urinov “saviyasi past” deb haqorat bilan javob qaytardi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5847
Murojaatchi: “Menga Navoiy yuqori kuchlanish elektr tarmoqlariga imtihon asosida ishga kirishimga amaliy yordam berishingizni so‘rayman!”
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5796
Обращение: «Ужасно работает РЭС Учтепинского района. Не дозвонишься никогда...»
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/5754
Murojaatchi: «Elektr tarmog‘iga ulanish uchun elektr hisoblagich o‘rnatish xarajatlari kim tomondan qoplanadi?»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5720
Murojaatchi: «1154 qisqa raqamiga 7:06 da murojaat qoldirdim. Hozir 9:10 daqiqa o‘tdi, lekin hali ham “sevet” yo‘q...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5647
Murojaatchi: «“Svet” o‘chishining oldini olish uchun, menimcha, rahbarini ishdan olish kerak yoki muammoni hal qilsin. Jonga tegdi bunaqa...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5652
Murojaatchi: «Dadajon Aynaqulovich, men quyosh va suv isitgich olishga amaliy yordam berishingizni so‘rayman...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5658
Murojaatchi: «Otamning elektr tarmoqlarida 60 dona aksiyalari bor. Shu aksiyalar yuzasidan maʼlumot olishni istayman...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5669
Murojaatchi: «Hisob raqamimda 140 437 so‘m to‘lov qolishi kerak bo‘lishiga qaramay 12 190 so‘m to‘lov qolgan. Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hisob raqamimga qaytarishingizni so‘rayman!»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5562
Обращение: «Недалеко от данного участка проходит линия электропередачи (ЛЭП). Для оформления земельного участка, мне необходима справка...»
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/5547
Murojaatchi: «4-5 marotaba korxona xodimlariga murojaat qildik, lekin natija yo‘q. Oqibatda belgilangan limit oshiqcha ishlatilib, bizning aybimizsiz 2700 so‘mdan to‘lov amalga oshirilishi mumkin...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5546
Murojaatchi: «Uyimning ustidan yuqori kuchlanishli elektr liniyasi o‘tkazilgan»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5511
Обращение: «Hереальная задолженность за электроэнергию»
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/5510
Murojaatchi: «Tavsiya: Davlat tashkilotlarining bino va ofislarida ish soatining maʼlum bir soatida “tejamkorlik soati” joriy etilsa...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5486
Murojaatchi: «Ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi. Savolim shundan iboratki, idoralar ishga olmasa, stajini qanday olamiz?»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5424
Murojaatchi: «O‘zaro solishtirma dalolatnomaga asosan 2024-yilning aprel oyida 889585,20 so‘m va may oyida esa 11798103,90 so‘m farq qilayotgani aniqlandi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5418
Murojaatchi: «Xodimga, yaʼni akamga moddiy yordam berilmagan. Qachon beriladi?»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5440
Murojaatchi: «Juda ko‘p taʼmir qilamiz, chunki aholi soni keskin o‘sib bormoqda. Shu sabab, mahallamiz bilan birga, o‘z hisobimizdan...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5341
Murojaatchi: «Berilgan telefon raqamiga bir oydan buyon ulanish imkoni bo‘lmaganligi uchun statistik hisob yuborishingizni so‘rayman...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5339
Murojaatchi: «Tadbirkor sizga o‘z hurmatini izhor etadi va metall mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni taklif qiladi!»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5254
Murojaatchi: «Har kuni “svet”imiz “svetomuzika” bo‘lib o‘ynaydi. Uyda komputerda o‘tirib ishlab bo‘lmaydi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5202
Murojaatchi: «Nima uchun elektr energiyasi narxi shu darajada ko‘tarildi?»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5190
Обращение: «Возник вопрос по повышению тарифов на электричество... Как быть людям, у которых стоит электрический бойлер для горячей воды?»
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/5195
Murojaatchi: «Har kuni kechkurun elektr tarmog‘ida kuchlanish ko‘rsatkichi 150–160 volt atrofida o‘zgarib turadi... Bu muammoni kim hal qiladi?»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5194
Murojaatchi: «Mening bu fikrim bilan elektr energiyasi arzon narxda, har bir fuqaroga bir xilda (adolat bilan) taqsimlangan bo‘lardi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5188
Murojaatchi: «Ko‘chamizning boshiga transformator qo‘yish kerakligi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga bir necha bor aytilgan. Biroq haligacha qo‘yilgani yo‘q...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5163
Murojaatchi: “Energetika tizimida 1998-yildan beri ishlab kelmoqdaman. Ish stajim buxgalteriyada negadir kam hisoblanayapti...?”
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5117
Murojaatchi: «Karmana tumani elektr tarmoqlari filialiga besh marotaba og‘zaki murojaat qildim, o‘rganishga kelishmadi va bir qancha bahonalar keltirishdi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5006
Murojaatchi: «Korxonamizga xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho ip yigiruv uskunalari olib kelingan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun doimiy elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4997
Murojaatchi: «Bir kunda 5-6 marotaba elektr o‘chib qoladi. Har safar chiroq o‘chganda kamida 2 soat o‘chadi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4963
Murojaatchi: «“Svet” judayam ko‘p uchmoqda, judayam ko‘p “o‘ynaydi”lar. Bir sutkada kamida 15 marta o‘chirib yoqishadi, gohida pirillab ham qoladi. Elektr jihozlarimiz kuyib qolishi mumkin...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4959
Murojaatchi: «“Svet” nimaga o‘chmoqda? Qarzim yo‘q bo‘lsa, nimaga o‘chirasizlar? Sabab?!»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4951
Murojaatchi: «Bizning qishloqda 24 soatga 8–9 soat “sevet” o‘chmoqda. Bizning qishloq odamlari televizor ko‘rishga, bolalar dars tayyorlashga haqlimi yoki yo‘q?»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4992
Murojaatchi: “Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi?”
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4920
Murojaatchi: “110 kV kuchlanishli “Yakkabog‘” podstansiyada o‘rnatilgan uch chulg‘amli transformatorning releli himoyasi haqida batafsil maʼlumotlar kerak...”
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4913
✍ Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati