O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli “Magistral elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish” investision loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini amalga oshirish maqsadida “Farg’ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “O‘zgarish”, “Farg‘ona” va “Sokin” podstansiyalarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadal olib borilmoqda.
Shunga ko‘ra 220/110/10 kV kuchlanishli “Sokin” podstansiyasining 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida joylashgan 110–L-Arsif-2 yacheykasidagi eskirgan elektr qurilmalari yangi, zamonaviy uskunalarga almashtirildi. Birinchi va ikkinchi shinalar tizimi va tarmoq ajratgichlari hamda rele himoyasi va boshqaruv panellari zamonaviy uskunalarga almashtirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati