Joriy yil 15–16-dekabr kunlari Farg‘ona vodiysida kuchli shamol kuzatilgan edi. Shamoldan so‘ng “Farg‘ona MET” filiali tasarrufidagi 500–220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari to’liq navbatdan tashqari ko‘rikdan o’tkazildi.
Ko’rik vaqtida qo‘shni Tojikiston Respublikasi hudududan o’tuvchi 500 kV kuchlanishli L-503 elektr tarmog’ining 122-tayanchini tortib turuvchi yer ostidagi “U” shaklli bolti yemirilib uzilgani aniqlandi.
⚡️ Shu holat bilan bog‘liq nosozlik kelib chiqishining oldini olish maqsadida “Farg‘ona MET” filiali Tarmoqlar xizmati xodimlari kecha tungi soatlarda qo’shni Tojikiston Respublikasi hudududan o’tuvchi L-503 liniyasining 122-tayanchida ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borishdi. “U” shaklidagi bolt hamda PA-3-2 rusumli anker plitasi yangisiga almashtirildi. Nosozlikning oldi olindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati