Yangiliklar
Andijon viloyati: Tarmoqlar xizmati mutaxassislari 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazishdi
  • 24.12.2024
  • 27

#Energetiklarxizmatda

#Magistralelektrtarmoqlari

Andijon viloyati

⚡️ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali Tarmoqlar xizmati mutaxassislari tomonidan viloyat hududidan o‘tuvchi 220 hamda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilgan lavhada belgilangan hududga tunda safarbar qilingan brigadaning tonggi soatlarda magistral elektr tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazishi va ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni (qizigan anker ulanmalarini) bartaraf etish jarayoni aks etgan.

Lavhalar elektr montyorlar tomonidan suratga olingan.


⚡️ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiyalar xizmati navbatchi xodimlari tomonidan 220 kV kuchlanishli «Yulduz» va «Saroy» podstansidagi ochiq taqsilash qurilmalari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyaga kiruvchi va chiquvchi elektr uzatish tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Eʼtiboringizga havola etilgan lavhalar navbatchi elektr montyorlar tomonidan suratga olingan.

 

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>