Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida xalqaro iqtisodiy forum o‘z ishini boshladi. Forumning birinchi kuni asosan ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, (COVID–19) — koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha xavfsizlik choralari, ya'ni yuqumli kasallik bo‘yicha tibbiy tahlillar topshirish, forum doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashish istagini bildirgan hukumat a'zolari va ishbilarmon doira vakillarini kutib olish bilan o‘tdi.
Dunyoning yuzdan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar qatnashayotgan Forum ishida maxsus muloqot va kelishuv maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, unda hamkorlik bitimlari, kelishuv va shartnomalar imzolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida xalqaro hamkorlar taklifiga binoan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etmoqda.
⇒ E'tiboringizga O‘zbekiston–Rossiya hukumatlararo aloqalari doirasida «O‘zbekiston MET» AJning rossiyalik hamkorlar bilan amalga oshirayotgan loyihalari haqidagi ma'lumot va xabarlarni taqdim etamiz:
O‘ZBEKISTON–ROSSIYA: ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK
СОТРУДНИЧЕСТВА РОССИИ И УЗБЕКИСТАНА В ЭНЕРГЕТИЧЕСКОЙ СФЕРЕ
АО «НЭС Узбекистана» и ОАО «Россети» провели переговоры о следующих этапах сотрудничества
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida o‘zaro manfaatli bitimlar imzolanishi kutilmoqda
В МОСКВЕ ПРОШЁЛ ЭЛЕКТРОЭНЕРГЕТИЧЕСКИЙ СОВЕТ СНГ
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati