Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari filiallari muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha Hamkorlik memorandumi imzolandi
  • 17.03.2021
  • 463

  Bugun, 17-mart kuni "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov va Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Sankt-Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor A.N.Nazarichyov o'rtasida magistral elektr tarmoqlari filiallari muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

  "O'zbekiston MET" AJ hamda Sankt-Peterburg energetika malaka oshirish institutining hamkorligi uch bosqichli yo'nalishda davom ettiriladi.

  Bu haqda batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6225

  O'zaro hamkorlik yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmoqlarida xizmat qilayotgan mutaxassislarning ish samaradorligini oshirib, magistral elektr tarmoqlari rivojiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

  2020-yil davomidagi hamkorlik haqida: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6197

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>