Yangiliklar
O‘ZBEKISTON–ROSSIYA: ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK
  • 05.10.2019
  • 1206

   Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida 2-4-oktabr kunlari o‘tkazilgan «Rossiya Energetika haftaligi» (REH) xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston–Rossiya energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

   «Rossiya energetika haftaligi» («REH-2019») xalqaro forumning asosiy maqsadi bugungi globallashuv zamonida energiya xavfsizligi masalalarini muhokama qilish, yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va mavjud muammolarga oson va arzon yechimlar topish iborat.

   «REH-2019» ishbilarmonlik sessiyalari quyidagi mavzularda ish olib borishdi: sanoatga raqamli texnologiyalar olib kirishni jadallashtirish, atom energiyasi, yoqilg‘i-energetika korxonalari va mudofaa sanoatida hamkorlik istiqbollari, mintaqada energiya sohasini rivojlantirish yo‘llari, energiya ishlab chiqaruvchilar bilan muloqot, Markaziy Osiyo elektroenergetika sohasidagi xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, energetika bozorining atrof-muhitdagi o‘zgarishi va energetika sohasiga taalluqli boshqa muhim masalalar.

   Xalqaro forumda O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xodjayev, O‘zbekiston Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov, Mo‘g‘uliston Prezidentining maxsus vakili Bianjargal Byambasayxan, «Rosseti» xalqaro hamkorlik departamenti direktori Andrey Logatkin, «Inter RAO» rahbari Dmitriy Volkov,  Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirining o‘rinbosari Anatoliy Yanovskiylar va boshqalar ishtirok etdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

Manba: facebook

>