Yangiliklar
"O'zbekiston MET" AJda Peterburg energetika malaka oshirish instituti bilan uch bosqichli yo'nalishda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi
  • 16.03.2021
  • 560

  Avval xabar berganimizdek, kecha, 15-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor Aleksandr Nikolayevich Nazarichyov "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan malaka oshirish ishlari bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash maqsadida Toshkentga kelgan edi.

 

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6197

  Ахborot 24 | Elektr tarmoqlari tizimida raqamli iqtisodiyotga o`tish   

  Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4884 

  Новости 24 | Цифровая экономика в системе электросетей  

  Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4883

  Bugun "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov va Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor A.N.Nazarichyov o'rtasida magistral elektr tarmoqlari filiallari muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama etildi.

  Hamkorlik memorandumini imzolashdan oldin o'tkazilgan muhokamalar uchrashuvida "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o'rinbosari, bosh boshqarma boshliqlari hamda Jamiyatda tashkil etilgan Ustozlar guruhi murabbiylari — energetik mutaxassislar ishtirok etishdi.

 

  Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov institut rektoriga Toshkentga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirib, qariyb bir yil davomida amalga oshirilib kelinayotgan hamkorlik faoliyatiga yuqori baho berdi. O'z navbatida Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori A.N.Nazarichyov ham "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati ma'muriyatiga taklif uchun minnatdorlik bildirib, energetika sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish ikki mamlakatning energetika sohasidagi hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilayotganidan mamnun ekanligini bildirdi.

 

   Ochiq davra suhbati shaklida o'tgan muhokamalarda shu narsa ayon bo'ldiki, bundan buyon "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati va Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish institutining hamkorligi uch bosqichli yo'nalishda davom ettiriladi:

  Birinchi bosqich — 2020-yildan buyon davom etayotgan onlayn shakldagi malaka oshirish kurslarini davom ettirish. Bunda respublikamizning 14 ta magistral tarmoqlari filiallaridan Toshkent shahriga tashrif buyurgan mutaxassislar maxsus elektron dastur orqali mashg'ulotlarda ishtirok etishadi va Piterburglik mutaxassislardan olingan bilimlar jamiyat tarkibida tuzilgan Ustozlar guruhi tomonidan mustahkamlanib boriladi.

 

  Ikkinchi bosqich — imzolanishi kutilayotgan hamkorlik kelishuvlariga binoan Peterburg energetika malaka oshirish institutidan 4-5 nafar o'qituvchi-murabbiylar Toshkentga tashrif buyurib, magistral tarmoqlari filiallaridan tashrif buyurgan mutaxassislarga bevosita nazariy, lozim bo'lganda podstansiyalarga tashrif buyurgan holda amaliy mashg'ulotlar o'tkazishadi. Malaka oshirish kurslari davomida Milliy dispetcherlik markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etishi kutilmoqda.

  Uchinchi bosqich — Jamiyat tarkibidagi magistral tarmoqlari filiallarida mehnat faoliyati yuritayotgan muhandis va texnik xodimlar, shuningdek, bosh boshqarma, boshqarma, bo'lim va xizmat mutaxassislaridan iborat tinglovchilar guruhi Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish institutiga malaka oshirishga yuboriladi. Taxminan 2 hafta davom etadigan malaka oshirish kurslarida tahsil olib qaytgan mutaxassislar olgan bilim va ko'nikmalarini amaliyotga tatbiq etish orqali o'z hamkasblarining bilim-mahoratini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

  Shu o'rinda bir narsani alohida ta'kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish instituti bilan hamkorlik, aniqrog'i bir nechta investitsion loyihalarni amalga oshirish bo'yicha mas'ul tashkilot — "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish Jahon banki investitsiya loyihalari doirasida moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

  Umid qilamizki, peterburglik mutaxassislar bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmoqlarida xizmat qilayotgan mutaxassislarning ish samaradorligini oshirib, magistral elektr tarmoqlari rivojiga o'z hissasini qo'shadi.


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>