Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI: RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, INVESTITSION LOYIHALAR, YANGI QUVVATLAR, JORIY VA MUKAMMAL TA'MIRLASH ISHLARI
  • 10.11.2020
  • 1155

  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari filiallari, 2 ta «Energo-IT» va «Magistralelektrtarmoqqurilish» filiallari, 1 ta «O‘zenergoinjiniring» AJ loyihalash instituti, 2 ta «Energomaxsusavto» MChJ (transport) va «Gridcon» MChJ (qurilish) korxonalari mavjud bo‘lib, ushbu korxonalarda jami 4 341 nafardan ortiq xodimlar faoliyat yuritishmoqda.

 

 

 

  Jamiyat tasarrufida jami 35–500 kVli 78 ta podstansiyalar va 10 180,0 km uzunlikdagi havo tarmoqlari orqali elektr energiyasi uzatish (transportirovka) amalga oshirib kelinmoqda.

 

  Magistral elektr tarmoqlari obyektlarini 2020/2021-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, tadbirlar to‘liq va sifatli tugatildi.

  Jumladan: umumiy quvvati 881 MVA bo‘lgan 10 ta kuch transformatorlari, 91 ta 110–500 kVli o‘chirgichlar, 19 ta kompressor qurilmalari va 1148,2 km uzunlikdagi 110–500 kV havo liniyalarida mukammal ta'mirlash ishlari yakunlandi.

  Shu bilan bir qatorda, joriy ta'mirlash rejasiga asosan 110–500 kVli elektr uskunalarida 247 dona podstansiya transformatorlari va avtotransformatorlar (yillik rejaga nisbatan 108 foiz), 1391 dona o‘chirgichlar (102 foiz), 43 dona havo kompressorlari (105 foiz) hamda 3 844,7 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida (106 foiz) joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Elektr tarmoqlari ishonchliligini oshirish maqsadida 1450 dona LK rusumli izolyatorlari o‘rnatildi.

 

 

 Respublikaning iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholining elektr energiyasiga ortib borayotgan talabini to‘liq qoplash maqsadida, Jamiyat tassarufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda. Hususan, joriy yilning 10 oyida podstansiyalarda jami 1500 MVA yangi quvvatlar yaratildi.

Jumladan, modernizatsiya dasturi asosida 9 ta podstansiyada jami qo‘shimcha 1100 MVA quvvat ishga tushirildi.

Andijon viloyatida («Yulduz» PS – 1 dona 75 MVA), Farg‘ona viloyatida («Sokin» PS – 1 dona 75 MVA, «O‘zgarish» PS – 1 dona 250 MVA), Jizzax viloyatida («Sari-Bozor» PS – 2 dona 124 MVA), Surxondaryo viloyatida («Denov» PS – 1 dona 23 MVA, PS «Sherobod» – 1 dona 30 MVA), Toshkent viloyatida («Adolat» PS – 2 dona 100 MVA), Toshkent shahri («Yuksak» PS – 1 dona 23 MVA).

► Shu bilan birga, yangi qurilishlar dasturi asosida, Toshkent viloyati aholisi va tadbirkorlik sub'ektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, qo‘shimcha quvvati 400 MVA yangi 220 kVli «Sirg‘ali» PS ishga tushirildi.

 

 

  Bundan tashqari, yurtimizning shimoli-g‘arbiy hamda janubiy hududlarini (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari) elektr ta'minoti ishonchliligini mustahkamlash maqsadida «Taxiatosh IES»dan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i hamda 500 kV «Surxon–Puli-Xumri» (Xo‘ja-Alvon) elektr uzatish tarmog‘ining qurilishi (O‘zbekiston Respublikasi hududida) ishlari yakunlandi.

  Magistral elektr tarmoqlarining bino va inshootlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida Toshkent viloyatida «Adolat» podstansiyasi, Sirdaryo viloyatida «Feruz» va «Go‘zal» podstansiyalari, Jizzax viloyatida «Saribozor» podstansiyasi, Xorazm viloyatida «Xozarasp» podstansiyasi, Surxondaryo viloyatida 500 kVli «Surxon» va «Sherobod» podstansiyalari bino va inshootlari mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi. shuningdek, Toshkent shahrida MET filialining yangi ma'muriy binosi zamonaviy uslubda qurib foydalanishga topshirildi.

► Kuz-qish mavsumida favqulotda holat yuzaga kelganda foydalanish uchun zarur 3 dona turli quvvatdagi kuch transformatorlari, 56 tonna transformator moyi, 74 dona metall tayanchlari, 16 dona temir-beton tayanchlari, 1,7 tonna texnik plastinalari, 1 tonna selikagel, 15 tonna turli rusumli simlar, 9,8 kabel mahsulotlarining avariyaviy zaxirasi yaratildi.

 

 

  Avariyaviy holatlarni oldini olish, elektr uskunalaridagi qizishlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida 4 dona teplovizor hamda 78 ta pirometrlar xarid qilinib, hududlarga yetkazildi.

  Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta Navbatchi guruhlar brigadasi tuzilgan bo‘lib, ular maxsus avtotransport vositalari, aloqa apparatlari, zarur ehtiyot qismlar va himoya vositalari bilan ta'minlangan.

  Hozirda Jamiyat tomonidan jami 131 ta maxsus avtotransport, 85 ta yuk avtotransporti, 33 ta mexanizmlardan foydalanib kelinmoqda. Magistral elektr tarmoqlari filiallarining ishchi xodimlariga kuz-qish mavsumi uchun 2 304 ta maxsus kiyimlar, 1 789 ta charm poyabzallar hamda 500 ta himoya kaskasi, 203 dona turli kuchlanishdagi kuchlanish ko‘rsatkichlari (UVN) xarid qilinib, hududlarga yetkazildi.

  Xodimlarini malakasini oshirish maqsadida 2020 yil uchun jamiyatning «Yo‘l haritasi» tasdiqlangan va shunga asosan joriy yil yanvar-oktabr oylarida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

► Jamiyatning xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg malaka oshirish energetika instituti bilan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, onlayn tarzda 15 nafar podstansiyaning operativ xodimlarini o‘qitishga erishildi.

  Bundan tashqari, «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassis xodimlarini malakasini milliy dispecherlik tizimini nazorat qilish va ma'lumotlarni yig‘ish bo‘yicha (SСADA) va energiyani boshqarish tizimi (YMS) joriy etilishi bo‘yicha 20 nafar rahbar-xodimlar o‘qitildi.

 

 

► Energetika sohasida halqaro ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish hamda zamonaviy ish usullarini o‘rganish maqsadida, Jahon banki ko‘magida Yevropani Daniya davlatining «ENERGINET» kompaniyasi bilan «Qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini integratsiyalash» bo‘yicha 13 ta rahbar-xodim onlayn seminarlarda qatnashdi.           

► Jamiyatning 53 nafar xodimlari malaka oshirish o‘quv kurslarga yuborilgan;

► Markazlashgan holda 967 nafar ma'muriy-texnik xodimlar  o‘z korxonalarida o‘qitildi.

► Umuman olganda, O‘zbekiston energetika sohasida, xususan elektr energetikasi tarmog‘ida bir necha yillardan buyon raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilib kelinadi. Ayni paytda esa ularni har tomonlama mukammal, zamonaviy dasturlar hisobiga yangilash, takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

© «O‘zbekiston–24» telekanali

  Xulosa shuki, «O‘zbekiston MET» AJda raqamlashtirish bo‘yicha bir nechta loyihalar amalga oshirilmoqda. Maqsad esa aniq — Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tizimi samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi — ERP dasturini, shu bilan birga, yuqorida ta'kidlanganidek, dispetcherlik boshqaruvi va ma'lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksi — SCADA dasturini joriy qilish.

  Bir so‘z bilan aytganda, sohada raqamli iqtisodiyot unsurlarini amaliyotga tatbiq etish — tejamkor, samarador va tezkor ish tamoyillari asosida Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar majmuidir.

► Qo‘shimcha ma'lumotlar:

⇒ «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI: SAMARALI FOYDALANIB KELINAYOTGAN RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING ISTIQBOLDAGI REJALARI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/529    

⇒ ELEKTR ENERGETIKASI KORXONALARINI TRANSFORMATSIYA QILISH VAZIFALARI BELGILANDI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/555

⇒ O‘ZBEKISTON ENERGETIKA SOHASIDA «ELEKTR TARMOQLARI KODEKSI» ISHLAB CHIQILADI VA BOZOR QOIDALARI JORIY ETILADI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/556

⇒ ENERGETIKANING ASOSIY XUSUSIYATLARI: TA'MINOTNING BARQARORLIGI HAMDA ISHONCHLILIGI, ISHLAB CHIQARISHDA XAVFSIZLIK VA RIVOJLANAYOTGAN ZAMONAVIY DUNYO TALABLARIGA MOS SAMARADORLIK

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/538

⇒ O‘ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALAR SONI KO‘PAYADI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/530

⇒ «YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/521

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>