Avval xabar berganimizdek, Toshkentda «Innoprom–2021» xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ikkinchi ish kuni o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Xalqaro kelishuvlar doirasida “O‘zbekiston MET” AJ hamda “Rosseti” AJ (PAO “Rosseti”) o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Aksiyadorlik jamiyati binosida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuv davomida ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining joriy holati va kelgusida investitsiya loyihalarini bajarish yuzasidan amaliyotlar bosqichi muhokama etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ va “Rosseti” AJ o‘rtasida tajriba almashish hamda xodimlar malakasini oshirish ham bugungacha yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning asosiy qismi ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati