Yangiliklar
“Inno Prom” sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasining “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan kelishuv imzolandi
  • 06.04.2021
  • 571

  Avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan “Inno Prom” sanoat ko‘rgazmasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Aniqrog‘i, muloqot maydonchasidagi muzokaralardan so‘ng xorijiy hamkorlar bilan bir nechta bitim va kelishuvlarga erishilmoqda.

  Jumladan, bugun, 6-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan kelishuv imzolandi.

  Kelishuvga asosan “O‘zbekiston MET” AJ ishchi-xodimlarining malakasini oshirish, “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi”ning sinov markazi laboratoriyasida mutaxassislarni ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishtirish, shu bilan birga, elektr uzatish tarmoqlarini qurishda yangi ishlanmalar va yondashuvlar haqida Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi qurilish-montaj korxonalari vakillariga taqdimot hamda o‘quv seminarlar o‘tkazish belgilandi.

Veb-sahifaTelegramFacebookInstagramTwitter

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>